Iqtisod

Özbekiston Prezidenti NURA Electric zavodiga taşrif buyurdi

Özbekiston Prezidenti NURA Electric zavodiga taşrif buyurdi
Özbekiston Prezidenti NURA Electric zavodiga taşrif buyurdi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanidagi “NURA Electric” zavodiga taşrif buyurib, işlab çiqariş jarayonlari va tayyor mahsulotlar körgazmasi bilan tanişdi.

“NURA Electric” yuqori va past kuçlanişli elektrotexnika uskunalarini töliq texnologik sikl asosida işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yirik korxonadir. Uning faoliyati energetika tarmoğini mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlaş, importga boğliqlikni kamaytiriş va sohada sanoat kooperatsiyasini kengaytirişga xizmat qilmoqda.

20 gektar maydonda barpo etilgan zavodga 50 million dollar investitsiya kiritilgan. Bu yerda 1 mingdan ortiq iş örni yaratilib, 1,5 mingdan ziyod turdagi mahsulot işlab çiqariş yölga qöyilgan. Jumladan, 0,4-500 kilovolt kuçlanişli taqsimlaş qurilmalari, nimstansiyalar, qayta tiklanuvçi energiya manbalari uçun avtomatika şkaflari, elektr şinalar va metall konstruksiyalar tayyorlanmoqda. Korxonaning yillik quvvati 25 mingdan ortiq uskunani taşkil etadi.

Zavod zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Xususan, bu yerda Yaponiyaning “Amada” kompaniyasiga mansub raqamli boşqaruvli dastgoh va presslar, şuningdek, Turkiyaning “Durma” va “Teslabend” kompaniyalarining yuqori texnologik uskunalari örnatilgan. Ularning umumiy soni 120 tadan oşadi.

Korxonaning işlab çiqariş va boşqaruv jarayonlari “SAP ERP” yagona raqamli platformasi orqali muvofiqlaştiriladi. Jarayonlarni optimallaştiriş hamda mahsulot va butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş hisobiga mahsulot tannarxini 10 foizgaça pasaytirişga erişilgan.

Majmuada akkreditatsiyadan ötgan sinov laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda. Mahsulotlar xalqaro ISO standartlari talablariga muvofiq işlab çiqariladi. Korxona uskunalarni töliq butlaş, mahsulotlarni öz laboratoriyasida sinovdan ötkaziş va keça-kunduz servis xizmati körsatiş imkoniyatlariga ega.

Malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlaş maqsadida “Özenergoinjiniring” aksiyadorlik jamiyati va Toşkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlik yölga qöyilgan. Har yili universitetning 100 nafardan ortiq talabasi korxonada haq tölanadigan işlab çiqariş amaliyotini ötaydi.

Davlatimiz rahbari zavodda mahalliy xomaşyo va zamonaviy texnologiyalar asosida işlab çiqarilgan transformator stansiyalari, taqsimlaş qurilmalari hamda boşqa energetika uskunalari körgazmasini közdan keçirdi.

Şuningdek, korxonada amalga oşirilayotgan işlar, işlab çiqariş quvvatlari va istiqboldagi rejalar yuzasidan taqdimotlar bilan tanişdi, xodimlar bilan suhbatlaşib, ular uçun yaratilgan mehnat şaroitlari haqidagi fikr-mulohazalarini tingladi.

Prezidentimiz korxonaning işlab çiqariş imkoniyatlari va mahsulotlar sifatini yuqori baholadi. Içki bozor talabini qondiriş bilan birga Markaziy Osiyo va boşqa xorijiy bozorlarga eksportni kengaytiriş, sohaga yuqori malakali mahalliy mutaxassislarni jalb etiş yuzasidan tavsiyalar berdi.

– Biz faqat mahsulot emas, injiniring xizmatlarini ham eksport qilişimiz kerak. Buning uçun özimizda şakllanayotgan loyihalaştiriş va sinov laboratoriyalari imkoniyatlaridan keng foydalanişimiz zarur, – dedi davlatimiz rahbari.

Ehtiyot va butlovçi qismlar turini köpaytiriş, ularni işlab çiqariş hajmini oşiriş hamda servis xizmatlari kölamini kengaytiriş zarurligi qayd etildi.

Energetika sohasidagi loyihalarda mahalliylaştiriş darajasini oşiriş muhimligi alohida ta’kidlandi. Xususan, loyihalarni işlab çiqişda mahalliy loyiha institutlarining uluşini kamida 50 foizga yetkaziş vazifasi qöyildi.

– Özimizning loyihaçilarimizga işonişimiz, ularga şaroit yaratişimiz kerak. Xorijda öqigan, tajriba orttirgan yoşlarimiz bor. Ularning atrofida mutaxassislarni birlaştirib, buyurtma bilan ta’minlasak, bu sohani rivojlantirişga qodirmiz, – dedi Prezidentimiz.

Şu maqsadda hududlarda energetika sohasiga ixtisoslaşgan loyiha institutlarining filiallari taşkil etilişi belgilandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.