Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent hokimiyati keçki soatlarda jamoat transportidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişni rejalaştirmoqda.
Poytaxt xalq deputatlari Kengaşining qaroriga muvofiq, tegişli idoralar 1 dekabrga qadar 20 ta avtobus yönalişida soat 21:00 dan 23:00 gaça qatnovlarni taşkil etiş imkoniyatini işlab çiqişi kerak.
Taşabbus 15 ta asosiy va beşta boğlovçi yönalişga xizmat körsatişni nazarda tutadi. Röyxatga turar joy massivlari, metro bekatlari, aeroport, temir yöl va avtovokzallar örtasida transport aloqasini ta’minlaydigan yönalişlar kiritilgan.
Quyidagi yönalişlarni örganiş taklif etilmoqda:
№ 1 — Qoraqamiş-2/4 massivi — «Mustaqillik maydoni» metro bekati;
№ 14 — TTZ avtostansiyasi — Şimoliy vokzal;
№ 18 — “Örikzor” bozori — “Çorsu” savdo markazi;
№ 21 — Qoraqamiş-2/4 massivi — “Çilonzor” metro bekati;
№ 24 — Yangi Çoştepa massivi — Toşkent vokzali;
№ 28 — Ibn Sino-2 massivi — “Çorsu” bozori;
№ 38 — “Örikzor” bozori — Döstlik-2 massivi;
№ 44 — Yaşnobod dehqon bozori — Yunusobodning 19-mavzesi;
№ 46 — “Beruniy” metro bekati — Binokor qörğoni;
№ 51 — Yunusobodning 6-mavzesi — “Çorsu” savdo markazi;
№ 58 — Döstlik-2 massivi — Toşkent vokzali;
№ 67 — Xalqaro aeroport — Yunusobodning 19-mavzesi;
№ 72 — Jumabozor — «Amir Temur xiyoboni» metro bekati;
№ 85 — Qoraqamiş-2/4 massivi — Toşkent vokzali;
№ 93 — Qöyliq-1 massivi — Yunusobodning 13-mavzesi;
№ 98 — Çilonzor buyum bozori — “Elektrokabel” zavodi;
№ 115 — Döstlik-2 massivi — “Beruniy” metro bekati;
№ 118 — “Örikzor” bozori — Toşkent vokzali;
№ 131 — Döstlik-2 massivi — Qoraqamiş-2/4 massivi;
№ 147 — “Çinni” bozori — “Çorsu” savdo markazi.
Keçki qatnovlarni taşkil etişda avtobuslar harakatlaniş oraliğini 15–20 daqiqa etib belgilaş taklif qilinmoqda. Avtobuslarning jönaş vaqti haqidagi ma’lumotlarni bevosita bekatlarda va mobil ilovalarda joylaştiriş rejalaştirilgan. Jadvalga rioya etilişini dispetçerlik xizmati nazorat qilişi kerak.
Qarorda qayd etilişiça, soat 21:00 dan keyin şaharda transport xizmati körsatiş sezilarli darajada qisqaradi: yönalişlardagi avtobuslar soni kamayadi, ayrim yönalişlarda esa qatnovlar töxtatiladi. Hujjat mualliflarining baholaşiça, bu holat aholining harakatlanişini qiyinlaştiradi hamda keçki va tungi vaqtda iqtisodiy faollikni çeklaydi.
Yönalişlar iş vaqtini uzaytiriş böyiça yakuniy qaror transport xizmatlarining imkoniyatlari baholangandan keyin qabul qilinişi kerak.