Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrida 2027 yilda poytaxt aholisining xonadonlariga “aqlli” suv hisoblagiçlarini örnatiş rejalari kelişib olindi. Kelgusi yildagi işlarning asosiy mezoni suv ta’minoti balansini şakllantiriş böladi. Hisoblagiçlar örnatiladigan tumanlar allaqaçon belgilangan.
Rejalar Toşkent şahar hokimining örinbosari O. Möminov rahbarligida “Texnopark” MÇJ va Fransiyaning SUEZ International SAS kompaniyasi vakillari iştirokida ötkazilgan işçi uçraşuvda muhokama qilindi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.
Uçraşuv iştirokçilari işlarni bosqiçma-bosqiç va tizimli ravişda amalga oşiriş, şuningdek, mas’ul taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni muvofiqlaştirişga kelişib oldi.
2026 yil boşidan buyon Sergeli, Yakkasaroy, Çilonzor, Uçtepa va Yangixayot tumanlari aholisiga 190 mingdan ortiq “aqlli” suv hisoblagiçlari bepul örnatildi.
Hokimlik ma’lumotlariga köra, uşbu çora-tadbirlar içimlik suvi iste’molini aniq va şaffof hisobga oliş hamda suv resurslaridan oqilona foydalanişni ta’minlaydi.
Şuningdek, ular hisob-kitoblarning işonçliligini oşiriş va poytaxtning suv ta’minoti tizimini raqamlaştiriş işlarini davom ettiriş imkonini beradi.