Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Acwa kompaniyasi uglerod bozorlari hamda issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytirişning xalqaro mexanizmlari sohasida hamkorlik qiliş töğrisida memorandum imzoladi. Hujjat Antaliya şahrida bölib ötayotgan COP31 konferensiyasida imzolandi. Bu haqda Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Memorandumni Özbekiston prezidenti maslahatçisi, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda Acwa kompaniyasi asosçisi va direktorlar kengaşi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan imzoladi.
Kelişuv Parij bitimida nazarda tutilgan xalqaro uglerod bozori mexanizmlarida kompaniyaning Özbekistondagi loyihalari iştirok etişi imkoniyatlarini örganişni nazarda tutadi.
Gap “Baş”, “Jankeldi”, “Qönğirot” şamol energetikasi loyihalari, jumladan, akkumulyator batareyalarida energiyani saqlaş tizimi, şuningdek, “Qoratov” loyihasi haqida bormoqda.
Tomonlar uşbu loyihalarning Parij bitimi mezonlariga muvofiqligini baholaş, ularni tasdiqlaş va röyxatdan ötkaziş tartib-taomillarini örganişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, uglerod kreditlari va çiqindilarni qisqartiriş natijalarini hosil qiliş, uzatiş hamda ulardan foydalaniş imkoniyatlari körib çiqiladi.
Kelişuvlarning alohida yönalişi texnik va normativ-huquqiy hamkorlikka bağişlangan. Uglerod bozorlari sohasida bilim va tajriba almaşiş, monitoring, hisobot beriş va verifikatsiya tizimlarini takomillaştiriş, şuningdek, institutsional salohiyatni mustahkamlaşga qaratilgan tadbirlar şular jumlasidan.
Tomonlar qayta tiklanuvçi energetika obyektlari va energetika infratuzilmasining iqlim özgarişiga bardoşliligini oşiriş böyiça ham hamkorlik qiliş niyatida.
Xususan, şamol elektr stansiyalari va energiyani saqlaş tizimlari uçun iqlim xavflarini baholaş böyiça axborot almaşiş közda tutilgan. Körib çiqiladigan omillar qatoriga öta yuqori harorat, çang va qum böronlari kiradi.
Bundan taşqari, energetika obyektlarini himoya qiliş uçun iqlimga oid ma’lumotlar va erta ogohlantiriş tizimlarini qöllaş imkoniyatlari örganiladi.
Memorandum Özbekistonning xalqaro iqlim hamkorligidagi iştirokini kengaytiriş hamda milliy iqlim maqsadlariga erişiş uçun qayta tiklanuvçi energetika salohiyatidan foydalaniş mexanizmlarini rivojlantirişga qaratilgan.