Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — McKinsey & Company iqtisodiyoti eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan biri bölgan Özbekistondagi mijozlar bilan hamkorlikni mustahkamlab, Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirmoqda. Mintaqadagi faoliyatning uşbu yangi bosqiçi doirasida McKinseyning global boşqaruvçi hamkori Bob Sternfels Toşkentga taşrif buyurdi.
McKinsey 2013-yildan buyon Markaziy Osiyodagi davlat va xususiy sektor mijozlari hamda jamoat taşkilotlari bilan işlab kelmoqda. Şu vaqt içida mintaqada mahalliy bozorlarni çuqur biladigan, şu yerda amaliy tajriba orttirgan va dunyoning 65 dan ortiq mamlakatida faoliyat yurituvçi kompaniyaning xalqaro tajribasiga tayanadigan mutaxassislar jamoasi şakllandi.
Toşkentga taşrif çoğida Bob Sternfels va McKinsey & Company kompaniyasining mintaqaviy rahbarlari davlat idoralari va biznes vakillari, mijozlar hamda hamkasblar bilan uçraşdi. Suhbatlarda Özbekiston taraqqiyotining ustuvor yönalişlariga, jumladan, toğ-kon sanoati, energetika, moliya sektori va raqamli infratuzilmaga, şuningdek, bu yönalişlardagi vazifalarni bajarişda malakali mutaxassislarning örniga alohida e’tibor qaratildi.
“Dunyoda iqtisodiyoti Özbekistondagidek şiddat bilan özgarayotgan mamlakatlar kam. Bu yerda keçayotgan özgarişlarning kölami va sur’atini öz közim bilan köriş men uçun muhim edi. Mamlakatdagi faoliyatimizni kengaytiriş uçun katta imkoniyatlar köryapmiz. Mahalliy jamoamizni rivojlantiriş, Toşkentda McKinseyning bölajak yetakçilarini tayyorlaş va mamlakat taraqqiyotining keyingi bosqiçini belgilayotgan taşkilotlar bilan hamkorlikda işlaş uçun kompaniyamizning global salohiyatini töliq işga soliş şular jumlasidan”, — deya qayd etdi McKinsey & Company kompaniyasining global boşqaruvçi hamkori Bob Sternfels.
McKinseyning Özbekistondagi faoliyatiga kompaniyaning katta hamkori Semyon Yakovlev rahbarlik qiladi. U Toşkentda işlaydi hamda mamlakatda biznesni strategik rivojlantiriş va mijozlar loyihalarini amalga oşiriş uçun mas’ul böladi.
Semyon Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya va Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlarida 20 yildan ortiq iş tajribasiga ega. Yaqin vaqtgaça u McKinseyning Osiyodagi strategiya va korporativ moliya yönalişiga rahbarlik qilgan.
Kompaniya hamkorlari Dulatbek Ikbayev va Yermolay Soljenitsin Semyon Yakovlev bilan birgalikda McKinseyning Özbekistondagi faoliyatini yanada rivojlantiriş ustida işlaydi. Dulatbek ön yildan ortiq vaqtdan beri Markaziy Osiyodagi davlat taşkilotlari, moliya institutlari va yetakçi kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, ularga keng kölamli özgarişlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahat berib kelmoqda.
McKinseyning katta hamkori Yermolay Soljenitsin metallurgiya, toğ-kon sanoati, energetika va transport sohalaridagi yetakçi kompaniyalar uçun strategik va transformatsion loyihalarni amalga oşirişda 20 yildan ortiq tajribaga ega.
“Özbekiston mintaqada aholisi eng yoş va aholi soni jadal ösayotgan mamlakatlardan biri. Bu mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yanada rivojlanişi uçun katta imkoniyatlar yaratadi. Toşkentdagi faoliyatimizni kengaytirar ekanmiz, yangi avlod mutaxassislarining kasbiy kamolotiga alohida e’tibor qaratiş niyatidamiz. Yetakçi kompaniyalar bilan hamkorlikni ham davom ettirib, ularga ulkan rejalarini amalga oşiriş va mamlakat kelajagini şakllantirişda kömaklaşmoqçimiz”, — deya ta’kidladi McKinseyning katta hamkori Semyon Yakovlev.
Ilğor texnologiyalar va sun’iy intellekt McKinseyning Özbekistondagi ustuvor faoliyat yönalişlari qatoriga kiradi. Bu yönalişlarda kompaniya “QuantumBlack, AI by McKinsey” tajribasiga ham tayanadi.
Kompaniya texnologik yönalişlarni rivojlantiriş bilan birga mutaxassislarni mehnat bozorining özgarib borayotgan talablariga tayyorlaşga ham e’tibor qaratişda davom etadi. Bu sohadagi taşabbuslardan biri — McKinseyning kasbiy könikmalarni rivojlantirişga qaratilgan Forward global ta’lim dasturi.
Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyodan 1 500 nafardan ortiq yoş mutaxassis va dunyo böylab 290 000 kişi uşbu dastur böyiça ta’lim olib, hozirgi iş şaroitida talab etiladigan amaliy könikmalarni egalladi.