Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiy infratuzilmani yagona master-reja asosida rivojlantiriş hamda soğliqni saqlaş tizimida xususiy sektor iştirokini kengaytiriş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Tibbiyot muassasalarini joylaştiriş, quriş va jihozlaş aholining ehtiyojiga tayangan holda rejalaştirilişi zarur. Hozir ayrim hududlarda xizmatlar tarqoq taşkil etilgan, şifo örinlari notöğri taqsimlangan, eski binolar va uskunalardan foydalaniş esa tibbiy yordam sifatiga ta’sir qilmoqda.
Işni mavjud obyektlar haqidagi aniq ma’lumotlarni şakllantirişdan boşlaş közda tutilgan. Önta viloyatda ötkazilgan xatlovda sohaga tegişli 3 ming 499 ta obyekt aniqlangan. Bu Kadastr agentligi ma’lumotlaridagidan 494 taga köp. Barça hududlarda xatlovni yakunlaş, obyektlarning elektron pasportlarini şakllantiriş va soha köçmas mulkining yagona raqamli reyestrini yaratiş taklif etildi.
Şu ma’lumotlar asosida 2026–2036-yillarga möljallangan tibbiy infratuzilma master-rejalarini amalga oşiriş masalasi körib çiqildi. Har bir hudud böyiça aholi soni va ösişi, tibbiy xizmatlarga ehtiyoj, muassasalarning quvvati hamda bemorlarning ularga yetib boriş vaqti hisobga olinadi. Master-reja qaysi obyektni saqlab qoliş, birlaştiriş yoki rekonstruksiya qiliş, yangisini qayerda quriş, uni qanday jihozlaş va qança mutaxassis zarurligini belgilaydi. Investitsiya dasturlarini ham şu rejalar asosida şakllantiriş nazarda tutilmoqda.
Tizimda muassasalar körsatadigan yordam darajasiga qarab özaro boğlanadi. Murakkab va yuqori texnologik xizmatlar tayanç markazlarda jamlanadi, tumanlarda esa bazaviy va şoşilinç tibbiy yordam saqlanadi. Birlamçi böğinni rejalaştirişda qişloq va olis aholi punktlari hamda şaharlar uçun alohida xizmat körsatiş me’yorlari qöllanadi.
Bunday yondaşuv zarurati Samarqand viloyati misolida körsatib berildi. Viloyat aholisining 80 foizi tumanlarda yaşaydi, biroq tumanlar hissasiga şifo örinlarining 41,7 foizi töğri keladi. Master-rejada tibbiy hududlarni qayta taşkil etiş orqali tumanlar uluşini 67 foizga yetkaziş, xizmatlarni aholiga yaqinlaştiriş közda tutilgan.
Samarqand şahri, Urgut, Pastdarğom, Kattaqörğon, Iştixon va Payariqda yangi şifoxonalar quriş hamda mavjudlarini rekonstruksiya qiliş rejalari haqida axborot berildi. Viloyat markazidagi ixtisoslaşgan muassasalarni köp tarmoqli şifoxonalar negizida qayta taşkil etiş, markaziy laboratoriyalar, sterilizatsiya va taşxislaş xizmatlarini rivojlantiriş taklif qilindi. Urgut, Kattaqörğon va Pastdarğomda 2030-yilgaça jami 1 ming 500 ta yangi şifo örni yaratiş nazarda tutilmoqda.
Yangi obyektlar faqat bino quriş bilan çeklanmasligi ta’kidlandi. Poliklinika va şifoxonalarni loyihalaşda bemorlar harakatini qulay taşkil etiş, infeksion nazorat, inklyuziv muhit va xonalarni jihozlaş böyiça yagona talablarni joriy etiş taklif qilindi. Davolaşda esa xalqaro tavsiyalarga asoslangan klinik protokollarni milliy şaroitga moslaştiriş, amaliyotga tatbiq etiş va natijalarini muntazam baholaş közda tutilmoqda.
Soğliqni saqlaş tizimida xususiy sektor iştirokini kengaytirişga doir qaror loyihasi ham körib çiqildi. Unda tibbiy va yordamçi xizmatlarni, jumladan, gemodializ, laboratoriya diagnostikasi, taşxislaş hamda uskunalarga texnik xizmat körsatişni autsorsing asosida xarid qiliş taklif etilgan. Bir yillik şartnomalar örniga beş yilgaça bölgan hamkorlik mexanizmlarini qöllaş xususiy şeriklarga uskuna va xizmatlarga uzoq muddatli sarmoya kiritiş imkonini beradi.
Bunda davlat tibbiyot muassasasi xizmatni xarid qiladi, xususiy taşkilot esa zarur uskunani öz hisobidan olib kelib, uning işlaşi va yangilanişini ta’minlaydi. Xaridlarni taşkil etiş uçun yagona tender hujjatlari va elektron tizim joriy etiş, ayrim muassasalarni professional kompaniyalarga boşqaruvga beriş imkoniyatlari körib çiqildi.
Davlatimiz rahbari taqdimot qilingan takliflarni puxta işlab çiqib, bosqiçma-bosqiç amaliyotga joriy qiliş yuzasidan mutasaddilarga tegişli körsatmalar berdi.