Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Özbekistondagi Gretsiyaning Favqulodda va Muxtor elçisi Paraskevi Seveleki bilan uçraşuv ötkazdi. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş va ikki mamlakat hududlari örtasida töğridan-töğri aloqalarni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi.
Taşrif alohida ahamiyatga ega, çunki Paraskevi Seveleki Gretsiyaning Özbekistondagi birinçi diplomatik vakili böldi. Uning tayinlanişi davlatlararo munosabatlarni mustahkamlaş va hududlararo hamkorlikni kengaytiriş uçun qöşimça imkoniyatlar oçadi.
Muzokaralar davomida tomonlar iqtisodiyot va qişloq xöjaligi, ta’lim va ilm-fan, axborot texnologiyalari, turizm, transport hamda quriliş sohalaridagi hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini körib çiqdi.
Elçining ta’kidlaşiça, Samarqand va Gretsiyani köp asrlik tarix, şuningdek, iqlim va geografik şaroitlardagi muayyan öxşaşliklar boğlab turadi. Uning fikriça, bu tajriba almaşiş, işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş va qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş uçun zamin yaratadi.
Paraskevi Seveleki oliy ta’lim muassasalarida uçraşuvlar ötkaziş va mahalliy jamoatçilik bilan muloqot qiliş rejalari haqida ham sözlab berdi. Bundan taşqari, u grek tadbirkorlarini qöşma loyihalarga jalb qiliş va işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaşdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Adiz Boboyev Samarqand viloyati Gretsiya hududlari bilan şeriklikni rivojlantiriş uçun katta salohiyatga ega ekanini ta’kidladi. U viloyat hokimligi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi qöşma taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini tasdiqladi.