Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Oybek Tursunov Toşkentdagi Perfectum aloqa operatorining boş ofisi joylaşgan köçmas mulk majmuasini, şuningdek, kompaniyaning 2 012 ta asosiy vositasini sotib oladi. Qöşilgan qiymat soliğini hisobga olgan holda, bitimning umumiy qiymati 98,374 mlrd sömni taşkil etadi. Bu haqda Yagona korporativ axborot portali materiallarida ma’lum qilingan.
Bitim Perfectum operatoriga egalik qiluvçi Rubicon Wireless Communication aksiyadorlari tomonidan ma’qullangan. Aksiyadorlarning navbatdan taşqari umumiy yiğilişi 16 oktyabr kuni bölib ötgan.
Bitim doirasida qanday aktivlar sotiladi?
Köçmas mulk Toşkent şahri Mirobod tumani, Taras Şevçenko köçasi, 21-uy manzilida joylaşgan. Majmua qiymati 65,968 mlrd sömga baholangan.
Majmua umumiy maydoni 10 479 kvadrat metr bölgan törtta binodan iborat. Ular 7 283 kvadrat metr maydonga ega yer uçastkasida joylaşgan.
Köçmas mulkdan taşqari, xaridorga kompaniyaning 2 012 ta asosiy vositasi ham topşiriladi. Ularning qiymati 32,406 mlrd sömni taşkil etadi.
VEON kompaniyasining Perfectum‘ni sotib oliş rejalari
Avvalroq xalqaro telekommunikatsiya guruhi VEON Perfectum‘ni 207 mln AQŞ dollariga sotib oliş niyatida ekani xabar qilingan edi. Keyinçalik Özbekiston Raqobat qömitasi uşbu bitimni ma’qullagan.
VEON baholaşiga köra, operatorning sotib olinişi Beeline Uzbekistan‘ning çastota resurslarini taxminan 50 foizga oşiriş, tarmoq qamrovini kengaytiriş va beşinçi avlod mobil aloqa infratuzilmasini rivojlantirişni tezlaştiriş imkonini beradi.
Perfectum aktivlari 850 va 3800 MGs diapazonlaridagi 115 MGs çastota spektrini, şuningdek, Nokia uskunalari asosida qurilgan 5G Standalone tarmoğini öz içiga olgan telekommunikatsiya infratuzilmasini qamrab oladi.