Sport

Özbekiston avtosport böyiça FIA çempionatida ikkinçi örinni egalladi

Özbekiston avtosport böyiça FIA çempionatida ikkinçi örinni egalladi
Özbekiston avtosport böyiça FIA çempionatida ikkinçi örinni egalladi / Foto: UZMAMF.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston terma jamoasi 2026 yilgi FIA Osiyo-Tinç okeani mintaqasi avtosport çempionatida jamoaviy hisobda ikkinçi örinni egalladi. Özbekistonlik sportçilar törtta oltin va ikkita kumuş medalni qölga kiritdi. Musobaqalar 23–25 oktyabr kunlari Tailanddagi Bira Circuit avtodromida bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Milliy avtomobil va mototsikl federatsiyasi (UZMAMF) xabar berdi.

Özbekiston uşbu çempionat tarixida ilk bor jamoaviy hisobda ikkinçi öringa kötarildi. Özbekistonlik sportçilar karting-slalom yönalişida ayniqsa muvaffaqiyatli iştirok etdi.

2023 yilda Malayziyada ötkazilgan çempionatda Özbekiston terma jamoasi mamlakat uçun uşbu musobaqadagi ilk kumuş medalni qölga kiritib, jamoaviy hisobda 11-örinni egallagan edi. 2025 yilda Şri-Lankada bölib ötgan musobaqada esa özbekistonlik sportçilar ikkita bronza medaliga sazovor bölib, turnirni 12-örinda yakunlagan.

UZMAMF 2019 yil dekabr oyidan buyon Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) a’zosi hisoblanadi. Federatsiya ma’lumotlariga köra, FIA bilan hamkorlik xalqaro standartlarni joriy etiş, sportçilar va mutaxassislarni tayyorlaş hamda özbekistonlik pilotlarning xalqaro musobaqalardagi iştirokini kengaytiriş imkonini beradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.