Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Germaniya örtasidagi moliyaviy hamkorlik dasturi doirasida mikro, kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş uçun 26,77 mln yevro miqdorida kredit mablağlari yönaltirildi.
«Kiçik va örta biznesni moliyaviy qöllab-quvvatlaş» dasturining amalga oşirilişi yakunlari davlat va jamoat taşkilotlari, xalqaro institutlar, moliya muassasalari vakillari, tadbirkorlar hamda soha ekspertlari iştirokidagi tadbirda sarhisob qilindi.
2025–2026 yillarda hamkor banklar mamlakat böylab kiçik va örta biznesning 1 400 dan ortiq subyektiga jami 670 mlrd sömlik kreditlar ajratdi.
Kreditlaşdan taşqari, dastur tadbirkorlarga ta’lim, konsalting va texnik xizmatlar körsatişni grantlar orqali qöllab-quvvatlaşni ham nazarda tutdi. Yakuniy tadbir iştirokçilari moliyalaştiriş imkoniyatlari, hamkor banklar faoliyati va biznes loyihalarini, jumladan, hududlardagi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş kölamini yana-da kengaytiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Ayollar va yoşlar tadbirkorligini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Özbekistonning «Agrar soha ayollari» assotsiatsiyasi va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda mamlakatning 13 ta hududida ikki kunlik 26 ta seminar taşkil etildi. Ularda 700 nafardan ortiq ayol va yoşlar iştirok etdi.
Treninglar tadbirkorlikka oid bilimlar va amaliy könikmalarni rivojlantiriş, şuningdek, tajriba almaşişga qaratildi. Seminarlar natijasida ayrim iştirokçilar gulçilik va sutni qayta işlaş sohalarida öz biznesini rivojlantira boşladi.
Yana bir yönaliş qişloq xöjaligi va tadbirkorlikka oid bilimlarni ommalaştirişdan iborat böldi. AgroMart onlayn platformasi bilan hamkorlikda 14 ta mavzuni qamrab olgan bepul videoteka yaratildi. Undagi videoroliklar ijtimoiy tarmoqlarda 12,3 mln marta körildi.
Tadbir yakunlari böyiça iştirokçilar tadbirkorlarning moliyalaştiriş imkoniyatlarini yana-da kengaytiriş, hududlardagi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş va ayol tadbirkorlar loyihalarini rivojlantiriş zarurligini ta’kidladi.
Tomonlar, şuningdek, Özbekistonda kiçik va örta biznes salohiyatini mustahkamlaşga qaratilgan hamkorlikni davom ettiriş muhimligini qayd etdi.