Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Xitoylik tadbirkorlar Özbekistonda işlab çiqariladigan ipak ip va ipak momiğini xarid qilişga qiziqiş bildirdi. Mahsulotlarni yetkazib beriş istiqbollari “Özbekipaksanoat” uyuşmasi vakillari hamda Xitoy delegatsiyasi örtasidagi uçraşuvda muhokama qilindi.
Uçraşuvda uyuşma raisi Raşid Abdullayev va boşqaruv raisining birinçi örinbosari Miryaşin Sagatov iştirok etdi.
Muzokaralar davomida Xitoy tomoni Özbekiston ipak mahsulotlarini xarid qiliş niyati borligini ma’lum qildi. Uçraşuv iştirokçilari, şuningdek, özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş, mahsulot yetkazib berişni taşkil etiş va savdo aloqalarini yana-da kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Xaridlarning aniq hajmi va ehtimoliy yetkazib beriş muddatlari hozirça ma’lum qilinmagan.