7
O‘zbekiston

Japarov TurkPAga aʼzo davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashdi

Japarov TurkPAga aʼzo davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashdi
Japarov TurkPAga aʼzo davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashdi / Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA)ga aʼzo mamlakatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar Assambleyaning 15-yalpi majlisi doirasida Bishkek shahrida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari mezbonlik uchun Qirg‘iziston tomoniga minnatdorlik bildirib, mamlakatning turkiy dunyo birligini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasini taʼkidladilar.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Toshkent va Bishkek o‘rtasidagi munosabatlar ikki mamlakat prezidentlari — Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning siyosiy irodasi hamda o‘zaro ishonchga asoslangan muloqoti tufayli izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Qirg‘iziston rahbari esa TurkPA majlisining Bishkekda o‘tkazilishi qardosh davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va hamjihatlik mustahkamlanib borayotganini aks ettirishini qayd etdi.

Tomonlar, shuningdek, Assambleyaning parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, integratsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash va turkiy xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdagi ahamiyatini taʼkidladilar.

TurkPAning aʼzo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiyot, transport, energetika, raqamlashtirish va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishdagi roliga alohida eʼtibor qaratildi.

SEO sarlavha: Japarov TurkPAga aʼzo davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashdi

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.