7
Iqtisod

Özbekistonda 18,8 ming nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda

Özbekistonda 18,8 ming nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda
Özbekistonda 18,8 ming nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, Özbekistonda 18 847 nafar faoliyat yuritayotgan hunarmand hisobga olingan. Hunarmandlar eng köp Farğona viloyatida qayd etilgan — 2 345 nafar. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Hududlar orasida ikkinçi örinni Toşkent şahri egalladi. Unda 2 013 nafar hunarmand faoliyat yuritgan. Keyingi örinlarda 1 908 nafar hunarmand bilan Andijon viloyati va 1 765 nafar bilan Samarqand viloyati qayd etilgan.

Namangan viloyatida 1 665 nafar, Xorazm viloyatida 1 626 nafar hunarmand faoliyat yuritgan. Toşkent viloyatida bu körsatkiç 1 340 nafarni, Qaşqadaryo viloyatida esa 1 339 nafarni taşkil etgan.

Buxoro viloyatida 1 165 nafar, Surxondaryo viloyatida 1 069 nafar hunarmand işlagan. Qoraqalpoğiston Respublikasida esa 1 062 nafar usta hisobga olingan.

Jizzax viloyatida hunarmandlar soni 850 nafarni taşkil etgan.

Hunarmandlar eng kam Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida qayd etilgan. Navoiy viloyatida 368 nafar, Sirdaryo viloyatida esa 332 nafar hunarmand röyxatga olingan.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.