Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning töqqiz oyida Özbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 34,8 trln sömga yetdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 19,6 foizga köp. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Uşbu hajmning eng katta qismi Toşkent şahri hissasiga töğri keldi. 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida poytaxtda 18,6 trln sömlik ta’lim xizmatlari körsatildi.
Hududlar orasida ta’lim xizmatlari hajmi böyiça 2,3 trln sömlik körsatkiç bilan Samarqand viloyati ajralib turdi. Farğona viloyatida bu körsatkiç 2,1 trln sömni taşkil etdi.
Namangan va Andijon viloyatlarida har birida 1,7 trln sömlik ta’lim xizmatlari körsatildi. Buxoro va Toşkent viloyatlarida esa körsatkiç 1,5 trln sömdan qayd etildi.
Qaşqadaryo viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 1,2 trln sömni, Qoraqalpoğiston Respublikasida esa 1 trln sömni taşkil qildi.
Uşbu davrda Xorazm viloyatida 948,5 mlrd sömlik, Surxondaryo viloyatida esa 929,6 mlrd sömlik ta’lim xizmatlari körsatildi.
Navoiy viloyatida bu körsatkiç 524,1 mlrd sömni, Jizzax viloyatida 513 mlrd sömni taşkil etdi.
Hududlar orasida eng kam hajm Sirdaryo viloyatida qayd etildi — 349,1 mlrd söm.