Özbekiston

Toşkentning Çilonzor tumanida yangi sayr hududi barpo etiladi

Toşkentning Çilonzor tumanida yangi sayr hududi barpo etiladi
Toşkentning Çilonzor tumanida yangi sayr hududi barpo etiladi / Foto: Toşkent şahar hokimligi videosidan lavha.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentning Çilonzor tumanida Anhor kanali böylab yangi sayr hududi taşkil etilmoqda. Loyiha Bunyodkor köçasidan Naqqoşlik köçasigaça bölgan 1,7 kilometr uzunlikdagi hududni qamrab oladi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.

Ayni vaqtga qadar qurilişçilar kanal özanining 500 metrdan ortiq qismini betonlaştirdi. Loyihaga muvofiq, kanal böylab umumiy uzunligi 3,4 kilometr bölgan piyodalar va velosiped yölaklari barpo etiladi.

Şuningdek, kanalning ikki qirğoğini boğlaydigan uçta köprik quriş rejalaştirilgan. Taşrif buyuruvçilar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida qirğoq böylab himoya tösiqlari örnatiladi.

Kelajakdagi sayrgoh hududida 500 tupdan ortiq daraxt va butalar ekiş möljallangan. Kökalamzorlaştiriş işlari hududning ekologik holatini yaxşilaş va uni aholi dam olişi uçun yana-da jozibador qilişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Quriliş va obodonlaştiriş işlariga qariyb 100 nafar işçi hamda 12 ta maxsus texnika jalb etilgan.

Loyihani yakunlaş va sayr hududini taşrif buyuruvçilar uçun oçiş 2027 yil may oyiga rejalaştirilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.