Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Yel universiteti ekologik fan, monitoring hamda mutaxassislar tayyorlaş sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Özbekiston prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimovning Yel universiteti professori Deniyel Esti bilan uçraşuvi BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (COP31) doirasida Antaliya şahrida bölib ötdi.
Tomonlar ekologik siyosat, atrof-muhit monitoringini takomillaştiriş va ekologik samaradorlikni baholaşning xalqaro körsatkiçlarini qöllaş sohalarida hamkorlik imkoniyatlarini körib çiqdi. Şuningdek, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi yönalişlarida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaş masalasi muhokama qilindi.
Uçraşuvning asosiy mavzularidan biri Yel universiteti huzuridagi Ekologiya huquqi va siyosati markazi iştirokida işlab çiqilgan Ekologik samaradorlik indeksi (Environmental Performance Index, EPI) böldi. 2026 yilda uşbu indeksning joriy etilganiga 25 yil töladi.
Joriy reytingda 47 ta körsatkiç böyiça baholangan 177 ta mamlakat örin olgan. Özbekiston 34,79 ball töplab, 121-örinni egallagan.
Abduhakimov EPI natijalari ekologik siyosatning ustuvor yönalişlarini belgilaşda mezon bölib xizmat qilişi mumkinligini ta’kidladi.
U asosiy yönalişlar sifatida atmosfera havosi sifati, çiqindilarni boşqariş, suv resurslari va bioxilma-xillikni saqlaş masalalarini qayd etdi.
Uning sözlariga köra, asoslangan qarorlar qabul qiliş uçun işonçli ma’lumotlarga tayangan şaffof ekologik monitoring tizimini rivojlantiriş zarur.
Uçraşuvda Özbekistonda amalga oşirilayotgan ekologik özgarişlar haqida ham ma’lumot berildi. Xususan, atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangani ta’kidlandi. Institutsional özgarişlar doirasida Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi taşkil etilgani qayd etildi.
Green University bilan hamkorlik
Uçraşuv iştirokçilari Green University — Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti doirasida hamkorlik qiliş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdi.
Universitet ekologik sohada ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va innovatsiyalar uçun mintaqaviy maydon sifatida qaralmoqda.
Tomonlar Yel universiteti tadqiqotçilarini qöşma ta’lim va ilmiy dasturlarga jalb etiş imkoniyatini muhokama qildi. Körib çiqilayotgan hamkorlik şakllari qatoriga öqituvçilar va talabalar almaşinuvi, şuningdek, ekologik huquq, ekologik ma’lumotlar va barqaror rivojlaniş körsatkiçlari böyiça tadqiqot loyihalari kiradi.
Özbekiston hududlari ekologik samaradorligini baholaş tizimini işlab çiqiş va keyinçalik uni Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham joriy etiş imkoniyati ham istiqbolli yönalişlar sifatida qayd etildi.
Şuningdek, ekologik hisobotning milliy körsatkiçlarini takomillaştiriş, yaşil moliyalaştiriş va korporativ barqarorlik sohalaridagi salohiyatni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikni amaliy bosqiçga ötkazişdan manfaatdor ekanini bildirdi.