Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Tojikiston va Özbekiston sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, qöşma korxonalar taşkil etiş va işlab çiqariş kooperatsiyasini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
2026 yil 12 noyabr kuni Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri örinbosari Aziz Nazar Özbekiston toğ-kon sanoati va geologiya vazirining birinçi örinbosari Firuza Rustamovna Hamidova bilan uçraşdi.
Muzokaralar davomida tomonlar sanoat sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantiriş istiqbollarini körib çiqdi. Şuningdek, ikki mamlakatning işlab çiqariş va resurs imkoniyatlarini hisobga olgan holda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş salohiyati mavjudligini ta’kidladi.
Asosiy mavzulardan biri Tojikiston va Özbekiston hukumatlari örtasidagi Sanoat kooperatsiyasi dasturini amalga oşiriş böldi. Uçraşuv iştirokçilari dasturda nazarda tutilgan çora-tadbirlarni öz vaqtida bajariş zarurligini ta’kidladi.
Tomonlar sanoatni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari böyiça hamkorlikni faollaştiriş, işlab çiqariş kooperatsiyasini kengaytiriş va qöşma korxonalar taşkil etiş masalalarini muhokama qildi.
Xomaşyoni çuqur qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatga ega raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki mamlakat vakillari sanoatni rivojlantiriş sohasidagi tajribalari bilan ham örtoqlaşdi.
Keyingi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilişda ular Tojikiston va Özbekistonning resurs hamda sanoat salohiyatini, şuningdek, işlab çiqariş imkoniyatlarining bir-birini töldirişini inobatga oldi.