Iqtisod

Özbekiston va Qozoğiston bojxona vakolatxonalarini oçadiÖzbekiston va Qozoğiston bojxona vakolatxonalarini oçadi

Özbekiston va Qozoğiston bojxona vakolatxonalarini oçadiÖzbekiston va Qozoğiston bojxona vakolatxonalarini oçadi
Özbekiston va Qozoğiston bojxona vakolatxonalarini oçadi / Foto: Akorda.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Özbekiston bilan ikki mamlakat bojxona xizmatlari vakolatxonalarini oçiş töğrisidagi kelişuvni ratifikatsiya qiliş haqidagi qonunni imzoladi.

 

Hujjat bojxona sohasidagi hamkorlik uçun huquqiy va taşkiliy asoslarni yaratadi.

Qozoğiston va Özbekiston hukumatlari örtasidagi kelişuv 2025 yil 15 noyabr kuni Toşkent şahrida imzolangan. Unda tezkor axborot almaşiş, bojxona işi sohasida qöşma çora-tadbirlarni kelişiş hamda vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlaştiriş nazarda tutilgan.

Avvalroq Qozoğiston Qurultoyi mazkur kelişuvni ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonunni ikki öqişda ma’qullagan edi.

Ayni paytda Özbekiston va Qozoğiston davlat çegarasida 11 ta ötkaziş punkti faoliyat yuritmoqda. Ularning sakkiztasi avtomobil, yana uçtasi temir yöl ötkaziş punktlaridan iborat.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.