Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Veolia Energy kompaniyasi Toşkentda issiq suv sifati yomonlaşganini isitiş mavsumi boşlanişiga tayyorgarlik işlari bilan izohladi.
Noyabr oyi boşida poytaxt aholisi yana suvning loyqalanib, jigarrang tusga kirgani va undan yoqimsiz hid kelayotgani haqida xabar bera boşladi.
Kompaniya ma’lumotiga köra, ayni paytda mutaxassislar magistral tarmoqlarda suv aylanişini sozlaş işlarini olib bormoqda. Bosimning özgarişi va suv oqimlarining işga tuşirilişi natijasida quvurlar devorlarida yoz davomida töplangan tabiiy çökindilar yuvilib çiqmoqda. Veolia Energy izohlaşiça, bu suv rangi vaqtinça özgarişi va unda yoqimsiz hid paydo bölişiga sabab bölmoqda.
Muammo, xususan, Mirzo Uluğbek tumanidagi ayrim uylarga, jumladan, Qorasuv, Feruza va Yalanğoç turar joy massivlariga ta’sir körsatgan.
Kompaniya ma’lum qilişiça, brigadalar magistral tarmoqlarning asosiy tugunlarida turib qolgan suvni qölda çiqarib taşlamoqda hamda tarmoqlarning ayrim uçastkalarini yuvmoqda. Veolia Energy ta’kidlaşiça, suv tarkibida me’yordan taşqari begona aralaşmalar mavjud emas.
Iste’molçilarga loyqa suvni mustaqil ravişda oqizib yubormaslik va hisoblagiç körsatkiçlarini özgartirişga urinmaslik tavsiya etildi. Buning örniga kompaniyaning Telegram-boti orqali murojaat yuboriş, bunda aniq manzil — tuman, massiv va uy raqamini körsatiş zarur.
Ariza röyxatga olinganidan söng mutaxassislar joyiga çiqib, taşqi tarmoq tugunida tegişli quvur uçastkasini yuvişi kerak.
Veolia Energy kompaniyasi vaqtinçalik noqulayliklar uçun iste’molçilardan uzr söradi va tizim işini me’yorlaştiriş böyiça çoralar körilayotganini ma’lum qildi.
Toşkent aholisidan issiq suv sifati böyiça şunga öxşaş şikoyatlar oktyabr oyining örtasida ham kelib tuşgan edi. Öşanda suvdan kimyoviy moddalar va kerosin hidi kelayotgani haqida xabar berilgandi.
Issiqlikta‘minoti kompaniyasi suv sifatining özgarişini quvurlarni sinovdan ötkaziş hamda ularda töplangan zang, metallar va mineral çökindilarni yuvib çiqariş işlari bilan izohlagan edi.