Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Fransiya ta’lim sohasidagi qöşma loyihalarni amalga oşirişni jadallaştiriş hamda ustuvor yönalişlar böyiça amaliy hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Özbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Fransiyaning mamlakatimizdagi elçisi Ualid Fuko bilan uçraşuv bölib ötdi.
Tomonlar fransuz tilini öqitiş sifatini oşiriş, zamonaviy darsliklarni joriy etiş va maktabgaça ta’limda Kokoro Lingua metodikasidan foydalaniş masalalarini muhokama qildi.
Pedagoglarning malakasini oşiriş va ikki mamlakat ta’lim muassasalari örtasida tajriba almaşiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv iştirokçilari Özbekiston — Fransiya universitetini rivojlantiriş, qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş va akademik mobillikni kengaytiriş istiqbollarini ham körib çiqdi.
Hamkorlikning boşqa yönalişlari qatorida kasbiy va dual ta’limni takomillaştiriş, zamonaviy laboratoriyalar taşkil etiş hamda öquv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy qiliş masalalari ham örin oldi.
Muzokaralar yakunida tomonlar belgilangan yönalişlar böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişni jadallaştirişga kelişib oldi.