Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro viloyati Qoraköl tumanida 2018 yilda tuğilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan buzuq harakatlar sodir etilgani yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, voqea 2026 yil 23 oktyabr kuni sodir bölgan. Huquqqa xilof harakatlarni sodir etganlikda Ş. R. ismli fuqaro gumonlanmoqda.
Qoraköl tumani prokuraturasi Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatdi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni prokuratura nazoratiga olingan.
Qoraköl tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi vaziyatni örganib çiqdi va qizga zarur ijtimoiy hamda psixologik yordam körsatiş çoralarini körmoqda. Holat Milliy ijtimoiy himoya agentligi nazoratiga ham olingan.