Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda ikki mamlakat örtasida xalq diplomatiyasini rivojlantiriş va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlaş maqsadida «Özbekiston — Birlaşgan Arab Amirliklari» döstlik jamiyati taşkil etildi.
Ta’sis yiğilişi 19 noyabr kuni bölib ötdi. Bu haqda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari qömitasi xabar berdi.
Yiğiliş iştirokçilari taşkilot ustavini tasdiqladi hamda Çiqindilarni boşqariş va aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi direktori Şarifbek Xasanovni jamiyat raisi etib sayladi.
Agentlik Xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb qiliş boşqarmasining boş mutaxassisi Jamşidbek Xasanov jamiyat ijroçi direktori etib tayinlandi. Agentlik Yuridik bölimining boş yuriskonsulti Ravşan Azat öğli Aknazarov esa nazorat-taftiş komissiyasi raisi etib saylandi.
Şuningdek, taşkilotning Qoraqalpoğiston Respublikasi va Samarqand viloyatida hududiy bölinmalarini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Jamiyat faoliyatini boşlaş uçun davlat röyxatidan ötkazişga oid hujjatlarni rasmiylaştiriş va ularni Özbekiston Adliya vazirligiga taqdim etiş zarur. Boşqaruv hamda nazorat-taftiş komissiyalari a’zolari beş yil muddatga saylandi.
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari qömitasi raisi K. Sariyev davlatlar örtasidagi döstona munosabatlarni rivojlantirişda fuqarolik jamiyati institutlarining örnini ta’kidladi. Şuningdek, u xalq diplomatiyasi sohasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlaştiriş muhimligini qayd etdi.