7
Özbekiston

Milliy statistika qömitasi Özbekiston aholisini 2010 yildan qayta hisobladi

Milliy statistika qömitasi Özbekiston aholisini 2010 yildan qayta hisobladi
Milliy statistika qömitasi Özbekiston aholisini 2010 yildan qayta hisobladi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Aholini röyxatga oliş natijalaridan söng Milliy statistika qömitasi Özbekistonning doimiy aholisi sonini 2010–2026 yillar uçun qayta hisobladi. Yangi ma’lumotlarga köra, 2026 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda 39 023,6 ming kişi yaşagan. Bu avval xabar qilingan körsatkiçdan 786,9 ming kişiga yoki 2,1 foizga köp. Bu haqda Milliy statistika qömitasining press-relizida ma’lum qilingan.

Aholini röyxatga olişning yakuniy natijalariga köra, 2026 yil 15 yanvar holatida doimiy aholi soni 39 047,3 ming kişini taşkil etgan. 1 yanvar holatida qayta hisoblangan körsatkiç bilan örtadagi 23,7 ming kişilik farq yanvar oyining dastlabki ikki haftasidagi özgarişlarni aks ettiradi.

Qayta hisob-kitob nima uçun zarur böldi?

Aholining joriy hisobi quyidagi tartibda yuritiladi: oxirgi aholini röyxatga oliş natijalariga har yili tabiiy ösiş va migratsiya saldosi qöşib boriladi. Avvalgi aholini röyxatga oliş 1989 yilda ötkazilgan va 37 yil davomida hisob-kitoblar şu ma’lumotlarga asoslangan. Vaqt ötişi bilan hisoblangan körsatkiçlar va aholining haqiqiy soni örtasidagi tafovut töplanib borgan.

Qayta hisob-kitob 2010 yildan 2026 yilgaça bölgan har bir yilni, 1 yanvar holatiga qamrab oldi. Davr çegarasi xalqaro ekspertlar tavsiyasiga köra tanlangan: odatda, ma’lumotlar orqaga qarab 10–15 yil uçun qayta hisoblanadi, çunki undan uzoq davrda xatolik ehtimoli ortadi. Metodologik yordamni BMTning Aholi jamğarmasi (UNFPA) va Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) texnik kömagida jalb qilingan xalqaro ekspert körsatdi.

Aholi soni röyxatga olişning yakuniy natijalaridan kelib çiqib, demografik balans tenglamasi yordamida har bir jins va yoş toifasi böyiça orqaga qarab hisoblandi. Hisob-kitoblar tumanlar va şaharlar kesimida, şahar hamda qişloq aholisi uçun alohida amalga oşirildi. 2010–2026 yillardagi 19 ta ma’muriy-hududiy özgariş ham inobatga olindi.

Qayd etilgan tuğilişlar, ölimlar, köçib keliş va ketişlar, nikohlar hamda ajralişlar soni özgartirilmadi. Faqat har 1000 kişiga nisbatan hisoblanadigan koeffitsiyentlar qayta körib çiqildi, çunki aholining umumiy soni özgardi.

Barça yillarda aholi soni avvalgi körsatkiçdan yuqori

Qayta hisoblangan aholi soni barça yillarda avvalgi körsatkiçlardan yuqori böldi. 2011–2026 yillardagi farq 565,7 mingdan 786,9 ming kişigaça yoki 1,9–2,1 foizni taşkil etdi.

2010 yil uçun tafovut bundan kattaroq — 1214,5 ming kişi yoki 4,3 foiz böldi. Statistikaçilar buni 2011 yil 1 yanvar holatidagi ma’lumotlarga kiritilgan bir martalik tuzatiş bilan izohlamoqda. U 2011 yil 21–30 aprel kunlari ötkazilgan tanlanma kuzatuv natijalari asosida amalga oşirilgan. Kuzatuv har bir tuman va şaharda aholining 10 foizini qamrab olgan. Uşbu tuzatiş tufayli avvalgi ma’lumotlar qatorida 2011 yil boşida aholi soni keskin oşgan.

2026 yil 1 yanvar holatiga erkaklar soni 19 754,2 ming kişini taşkil etdi. Bu avvalgi baholaşdan 496,5 ming kişiga (2,6%) köp. Ayollar soni esa 19 269,4 ming kişiga yetdi, bu avvalgi körsatkiçdan 290,4 ming kişiga (1,5%) yuqori. Erkaklarning aholi tarkibidagi uluşi 50,4 foizdan 50,6 foizga oşdi. Har 100 nafar ayolga töğri keladigan erkaklar soni esa avvalgi 101,5 nafar örniga 102,5 nafarni taşkil etdi.

Şahar aholisi 1,8 mln kişiga köp bölib çiqdi

Şahar va qişloq aholisi örtasidagi nisbat eng köp özgardi. 2026 yil 1 yanvar holatiga şahar aholisi avvalgi ma’lumotlarga nisbatan 1792,5 ming kişiga köp bölib, 21 264,2 ming kişini taşkil etdi. Qişloq aholisi esa, aksinça, 1005,6 ming kişiga kam — 17 759,4 ming kişi böldi. Şahar aholisining uluşi 50,9 foizdan 54,5 foizgaça aniqlaştirildi.

Statistikaçilar buni aholining joriy hisobi doimiy röyxatdan ötiş manziliga asoslangani bilan izohlamoqda. Ayrim odamlar amalda şaharda yaşasa-da, qişloqda röyxatdan ötgan. Bundan taşqari, bir tuman doirasida qişloqdan şaharga köçiş migratsiya hisoblanmaydi. Aholini röyxatga oliş jarayonida esa odamlar amalda yaşab turgan manzili böyiça qayd etilgan.

Yoş tarkibi: keksa erkaklar köpaydi, 25–34 yoşdagilar kamaydi

14 ta yoş guruhidan 12 tasida aholi soni oşdi. Eng katta ösiş 40–49 yoşdagilar guruhida kuzatildi — 210,5 ming kişi (4,5%). 50–59 yoşdagilar soni 120,9 ming kişiga (3,5%), 20–24 yoşdagilar 105,8 ming kişiga (4,1%), 16–19 yoşdagilar esa 74,1 ming kişiga (3%) köpaydi.

0–15 yoşdagi bolalar soni 244,1 ming nafarga (2%) oşib, 12 510,4 ming kişiga yetdi. Jumladan, 3–5 yoşdagi maktabgaça yoşdagi bolalar 60,6 ming nafarga (2,3%), 6–7 yoşdagilar 38,3 ming nafarga (2,5%), 8–15 yoşdagilar esa 104,6 ming nafarga (1,9%) köpaydi.

Faqat ikkita yoş guruhidagi aholi soni avvalgi baholaşdan kam böldi. 25–34 yoşdagilar 120 ming kişiga (2%), jumladan, 25–29 yoşdagilar 90 ming kişiga (3,3%) kam deb hisoblandi. Uşbu guruhlarda erkaklar soni 66,2 ming nafarga, ayollar soni esa 53,8 ming nafarga kam böldi.

60 yoş va undan katta aholi soni 121,3 ming kişiga (3,2%), 65 yoş va undan kattalar esa 87,1 ming kişiga (3,6%) köpaydi. Bu ösiş deyarli töliq erkaklar hissasiga töğri keldi. 50 yoş va undan katta erkaklar soni 217,7 ming kişiga oşgan bölsa, şu yoşdagi ayollar soni atigi 24,5 ming kişiga köpaydi. 65 yoş va undan katta ayollar soni esa, aksinça, 14,2 ming kişiga kamaydi.

Natijada 65 yoş va undan katta aholi orasida har 100 nafar ayolga 79,9 nafar örniga 88,4 nafar erkak töğri kelmoqda. Umuman olganda, erkaklar soni ayollar soniga nisbatan 206,1 ming kişiga köproq oşdi. Uşbu farqning qariyb 94 foizi 50 yoş va undan katta aholi hissasiga töğri keladi.

Örtaça yoş — 29,6 yoş

2026 yil 1 yanvar holatiga aholining örtaça yoşi avvalgi 29,5 yoş örniga 29,6 yoşni taşkil etdi. 2010 yilda bu körsatkiç 27 yoş bölgan. Demak, şu davrda aholi örtaça yoşi 2,6 yilga oşgan.

2010–2019 yillarda örtaça yoş yiliga örtaça 0,2 yildan, 2020–2024 yillarda 0,1 yildan oşgan. 2025 yilda esa ösiş yana 0,2 yilni taşkil etdi. Statistikaçilar bu davrda ösiş sur’atining sekinlaşişini yuqori tuğiliş körsatkiçlari bilan izohlamoqda.

Ayollarning örtaça yoşi erkaklarnikidan 1,1 yil yuqori: mos ravişda 30,2 va 29,1 yoş. Şahar aholisining örtaça yoşi 30,1 yoş, qişloq aholisiniki esa 29,1 yoşni taşkil etadi. 2010 yildan buyon qişloq aholisi 3,1 yilga, şahar aholisi esa 2,2 yilga qaridi. Natijada ular örtasidagi farq 1,9 yildan 1 yilga qisqardi.

Eng katta örtaça yoş Toşkent şahrida (33,6 yoş), Navoiy viloyatida (31 yoş) va Qoraqalpoğistonda (30,9 yoş) qayd etilgan. Eng yoş aholi Surxondaryo (27,4 yoş), Qaşqadaryo (27,8 yoş) va Jizzax (27,9 yoş) viloyatlarida yaşaydi. 2010 yildan buyon örtaça yoş eng tez Qoraqalpoğistonda (4 yilga) va Xorazm viloyatida (3,6 yilga) oşgan. Eng sekin ösiş Namangan viloyatida (2 yilga), Andijon va Surxondaryo viloyatlarida (2,1 yilga) kuzatilgan.

Mehnatga layoqatli aholiga demografik yuk ortib bormoqda

2026 yil 1 yanvar holatiga mehnatga layoqatli aholi (16–59 yoşdagi erkaklar va 16–54 yoşdagi ayollar) 21 727,7 ming kişini yoki jami aholining 55,7 foizini taşkil etdi. Bu avvalgi baholaşdan 403,2 ming kişiga (1,9%) köp. Mehnatga layoqatli yoşdan katta aholi soni esa 4785,5 ming kişiga yetdi, bu avvalgi körsatkiçdan 139,6 ming kişiga (3%) yuqori.

Mehnatga layoqatli yoşdagi har 1000 kişiga 796 nafar bola va keksa töğri keladi. Avval bu körsatkiç 793,1 nafar deb hisoblangan. Ularning 575,8 nafari bolalar, 220,2 nafari esa mehnatga layoqatli yoşdan katta kişilardir.

2010–2026 yillarda mehnatga layoqatli yoşdan katta aholi soni 2,3 baravarga — 2125,2 ming kişidan 4785,5 ming kişigaça oşdi. Mehnatga layoqatli aholi soni 21,6 foizga, 0–15 yoşdagi bolalar soni esa 35,7 foizga köpaydi. Har 1000 nafar mehnatga layoqatli kişiga töğri keladigan keksalar soni 118,9 nafardan 220,2 nafargaça, ya’ni 1,9 baravarga oşdi. Umumiy demografik yuklama 2013 yilda eng past darajaga — 619 nafarga tuşgan, şundan beri har yili ösib bormoqda.

Umumiy demografik yuklama eng yuqori Surxondaryo (847,8), Andijon (833,4) va Qaşqadaryo (829,6) viloyatlarida, eng past esa Toşkent şahrida (696,5) va Xorazm viloyatida (731,5) qayd etilgan. Har 1000 nafar mehnatga layoqatli kişiga töğri keladigan keksalar soni Toşkent şahrida (278,6) va Buxoro viloyatida (240,2) eng köp, Surxondaryo (184,2) va Jizzax (186,9) viloyatlarida esa eng kam.

Umr köriş davomiyligi — 76,4 yil

2025 yilda tuğilişda kutilayotgan umr köriş davomiyligi qayta hisob-kitobdan keyin 76,4 yilni taşkil etdi. Bu avvalgi baholaşdan (75,4 yil) bir yilga köp.

Statistikaçilar bu özgariş mexanizmini tuşuntirmoqda. Vafot etganlar soni özgartirilmagan, tegişli yoş guruhlaridagi aholi soni esa oşgan. Şu sababli ölim koeffitsiyentlari pasaygan va kutilayotgan umr köriş davomiyligi kötarilgan.

Tuzatişlar yillar kesimida bir xil emas. 2010–2019 yillarda qayta hisoblangan körsatkiç avvalgisidan 0,1–0,3 yilga past, 2020–2025 yillarda esa 0,6–1 yilga yuqori böldi. Yangi ma’lumotlarga köra, 2010–2025 yillarda umr köriş davomiyligi 72,8 yildan 76,4 yilgaça, ya’ni 3,6 yilga oşgan. Avvalgi hisob-kitobda ösiş 2,4 yil — 73 yildan 75,4 yilgaça deb baholangan. 2020 yildagi pasayiş COVID-19 pandemiyasi davrida ölim körsatkiçlari oşgani bilan boğliq.

2025 yilda erkaklar uçun kutilayotgan umr köriş davomiyligi 75 yil, ayollar uçun esa 77,9 yilni taşkil etdi. 2010 yildan buyon erkaklarda uşbu körsatkiç 4 yilga, ayollarda 3,2 yilga oşgan. Natijada ular örtasidagi farq 3,7 yildan 2,9 yilga qisqargan.

2025 yilda şahar aholisi uçun körsatkiç 75,7 yildan 77 yilgaça, qişloq aholisi uçun esa 74,8 yildan 75,7 yilgaça qayta hisoblandi. Şahar va qişloq örtasidagi farq 2010 yildagi 2,8 yildan 2025 yilda 1,3 yilga qisqardi. Statistikaçilar bu ma’lumotlar haqiqiy holatdan farq qilişi mumkinligini ta’kidlamoqda. Vafot etganlar doimiy röyxatdan ötgan manzili böyiça, aholi esa qayta hisob-kitobdan keyin amalda yaşaş joyi böyiça hisobga olinadi. Masalan, kişi şaharda yaşab, qişloqda röyxatdan ötgan bölsa, uning vafoti qişloq statistikasiga kiritiladi.

Umr köriş davomiyligi eng yuqori Toşkent şahrida (79,6 yil), Navoiy viloyatida (78,7 yil) va Qoraqalpoğistonda (78 yil) qayd etilgan. Eng past körsatkiç Samarqand (74,7 yil), Surxondaryo (74,8 yil) va Qaşqadaryo (75 yil) viloyatlarida kuzatilgan.

14 ta hududdan 12 tasida körsatkiç oşgan. Faqat Jizzax viloyatida (1 yilga) va Samarqand viloyatida (0,1 yilga) avvalgi baholaşdan past böldi. Eng katta ösiş Qoraqalpoğistonda (5,1 yilga), Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida (2,7 yilga), Toşkent şahrida (2,5 yilga) hamda Navoiy viloyatida (2,2 yilga) qayd etildi. Avval 72,9 yillik körsatkiç bilan eng past natijalar qatorida bölgan Qoraqalpoğiston yangi hisob-kitobdan keyin yetakçi hududlar qatoriga kötarildi.

Tuğiliş: qişloqda yuqori, şaharda past

2025 yilda mamlakat böyiça tuğilişning umumiy koeffitsiyenti har bir ayolga 3,21 nafar farzandni taşkil etdi. Avvalgi körsatkiç 3,20 nafar edi. 2010–2025 yillarda mamlakat böyiça uşbu koeffitsiyentga kiritilgan tuzatiş heç bir yilda 0,07 dan oşmadi.

Şahar va qişloq kesimida esa özgarişlar sezilarliroq böldi. Şahar ayollarida tuğiliş koeffitsiyenti barça yillarda avvalgi körsatkiçdan past böldi. 2025 yilda u har bir ayolga 3 nafar örniga 2,80 nafar farzandni taşkil etdi. Qişloq ayollarida esa 2017 yildan boşlab körsatkiç, aksinça, yuqoriroq böldi: 2025 yilda avvalgi 3,41 nafar örniga 3,71 nafarni taşkil etdi. Şahar va qişloq örtasidagi farq 0,41 nafardan 0,91 nafargaça, ya’ni ikki baravardan köproq oşdi.

Avvalgi ma’lumotlarga köra, 2023–2025 yillarda qişloq joylarda tuğiliş 3,51 nafardan 3,41 nafargaça kamaygan. Qayta hisoblangan ma’lumotlarda esa u biroz ösib, 3,67 nafardan 3,71 nafarga yetgan. Şaharda pasayiş yangi ma’lumotlarga köra kuçliroq böldi: avvalgi hisobdagi 3,39 nafardan 3 nafargaça kamayiş örniga, 3,27 nafardan 2,80 nafargaça tuşdi.

Statistikaçilar bu tafovutning bir qismi hisoblaş metodikasi bilan boğliqligini qayd etmoqda. Tuğilişlar onasining doimiy röyxatdan ötgan joyi böyiça qayd etiladi. Agar ayol şaharda yaşasa-yu, qişloqda röyxatdan ötgan bölsa, farzand tuğilişi qişloq statistikasiga kiritiladi, onaning özi esa qayta hisob-kitobdan keyin şahar aholisi tarkibida hisobga olinadi.

Tuğiliş koeffitsiyenti eng yuqori Surxondaryo (3,83), Qaşqadaryo (3,76) va Namangan (3,50) viloyatlarida qayd etilgan. Eng past körsatkiç Toşkent viloyatida (2,43), Qoraqalpoğistonda (2,57) va Toşkent şahrida (2,75) kuzatilgan. Koeffitsiyent eng köp Toşkent viloyati uçun qayta körib çiqildi: 2,93 dan 2,43 gaça pasaytirildi.

Qaysi ma’lumotlardan foydalaniş kerak?

2026 yil 13 noyabrdan boşlab 2010–2026 yillar uçun qayta hisoblangan ma’lumotlar rasmiy hisoblanadi, avvalgi körsatkiçlar esa arxivga ötkazildi. Dinamikani tahlil qiliş uçun Milliy statistika qömitasi faqat yangi ma’lumotlar qatoridan foydalanişni tavsiya qilmoqda. Eski va yangi ma’lumotlarni aralaştiriş notöğri hisoblanadi. 2010 yilgaça bölgan ma’lumotlar qayta hisoblanmagani sababli ularni yangi ma’lumotlar qatori bilan töğridan-töğri taqqoslab bölmaydi.

Aholi soniga boğliq körsatkiçlar bosqiçma-bosqiç qayta körib çiqiladi. Ular qatoriga aholi jon boşiga YAIM va Barqaror rivojlaniş maqsadlari indikatorlari kiradi. Töliq jadvallar va metodologik izohlar siat.stat.uz saytining “Demografiya” bölimida e’lon qilingan.

2026 yil 10 sentyabrdagi PF-190-son Prezident farmoniga muvofiq, Milliy statistika qömitasi 2027 yil oxiriga qadar aholini röyxatga oliş natijalari asosida aholining statistik registrini yaratadi. Keyinçalik aholi soni şu registr asosida hisoblanadi va e’lon qilinadi. «Aholini röyxatga oliş töğrisida»gi qonunga köra, aholini röyxatga oliş kamida har ön yilda bir marta ötkaziladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.