Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 19 noyabr kuni Samarqand viloyatining bir neçta aholi punktida kuçli şamol oqibatida daraxtlarga zarar yetdi. Hozirda noqulay ob-havo oqibatlarini bartaraf etiş işlari olib borilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq. Bu haqda Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
FVV ma’lumotlariga köra, kuçli şamol taxminan soat 18:15 dan 20:40 gaça kuzatilgan. Noqulay ob-havo oqibatlari Samarqand şahri, Bulunğur va Tayloq tumanlarida qayd etilgan.
Ayrim joylarda daraxt şoxlari singan va bu aholi hamda transport harakatiga tösqinlik qilgan. Jumladan, Samarqand şahridagi Ali Quşçi köçasida daraxt egilib, avtomobil ustiga qulab tuşgan.
Qutqaruvçilar hodisa joylariga yetib borib, oqibatlarni bartaraf etiş işlariga yordam bermoqda. Ular şikastlangan daraxtlar va singan şoxlarni olib taşlaş, şuningdek, hududlarni xavfsiz holatga keltiriş bilan şuğullanmoqda.
Hodisa joylarida fuqarolarga zarur yordam körsatiş işlari davom etmoqda. FVV ma’lumotiga köra, voqea natijasida heç kim tan jarohati olmagan.