Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Tojikiston hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli L-503 elektr uzatiş tarmoğida avariyadan keyingi tiklaş işlari keçayu kunduz davom etmoqda. Energetika sohasi mutaxassislari kuçli şamol va past haroratga qaramay, tungi vaqtda ham iş olib bormoqda. Bu haqda Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.
Elektr uzatiş tarmoğida avariyaviy öçiş 19 noyabr kuni soat 06:19 da sodir bölgan. L-503 tarmoği Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidan Farğona vodiysi hududlariga elektr energiyasini uzatişni ta’minlaydi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, avariyaga elektr uzatiş tarmoği tayanç ustunlaridan birining qulab tuşişi sabab bölgan. U murakkab relyefli, tepalik hududda joylaşgan. Ustun şikastlanişi ortidan avtomatik himoya tizimi işga tuşgan va natijada uşbu tarmoq orqali elektr energiyasini uzatiş töxtagan.
Avariya ayrim iste’molçilarning elektr ta’minotida uzilişlarga sabab böldi. Ta’mirlaş işlari yakunlanguniga qadar Farğona vodiysining ayrim hududlarida elektr energiyasi yetkazib beriş böyiça vaqtinçalik çeklovlar saqlanib qolmoqda.
Şu bilan birga, Farğona viloyati Novo-Angren issiqlik elektr stansiyasidan elektr energiyasini uzatuvçi 500 kV kuçlanişli L-524 tarmoği orqali ham elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.
Energetika vazirligi ma’lum qilişiça, ta’mirlaş brigadalari murakkab ob-havo şaroitida işlarni davom ettirmoqda. Vazirlik tarmoqni tiklaş jarayoni haqida qöşimça ma’lumotlarni ular kelib tuşişiga qarab taqdim etişini bildirgan.