Texnologiyalar

Özbekiston sun’iy intellekt uçun 6 mlrd sözli korpusni e’lon qildi

Özbekiston sun’iy intellekt uçun 6 mlrd sözli korpusni e’lon qildi
Özbekiston sun’iy intellekt uçun 6 mlrd sözli korpusni e’lon qildi / Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi Hugging Face platformasida özbek tilining oçiq matnli korpusini e’lon qildi. U 5,6 millionta hujjat va qariyb 6 milliardta sözni öz içiga oladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Korpusga özbek tilida lotin va kirill yozuvlaridagi materiallar kiritilgan. Uning tarkibidan raqamlaştirilgan kitoblar, gazeta naşrlari, arxiv materiallari, qonunçilik hujjatlari, Vikipediya maqolalari, veb-sahifalar hamda Telegram tarmoğidagi oçiq naşrlar örin olgan.

Töplangan matnlar maxsus qayta işlaş va sifat saralaş jarayonidan ötkazilgan. Materiallar, şuningdek, soha va mavzular böyiça tasniflangan. Şaxsiy ma’lumotlar [PHONE] va [NAME] kabi maxsus belgilar bilan almaştirilgan.

Korpusni işlab çiqiş 2025 yil 21 oktyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida davlat boşqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etiş masalalari böyiça ötkazilgan videoselektor yiğilişida berilgan topşiriq ijrosining bir qismi böldi.

Öşanda davlat rahbari sun’iy intellekt tizimlari özbek tilini töliq tuşunişi zarurligini ta’kidlagan edi.

Loyiha özbek tilining raqamli ma’lumotlar bazasini kengaytiriş, şuningdek, sun’iy intellekt modellarining matnlarni qayta işlaş, tilni tuşuniş va özbek tilida sifatli kontent yaratiş imkoniyatlarini yaxşilaşga qaratilgan.

Ayni paytda vazirlik korpusni yetakçi katta til modellari (LLM) işlab çiquvçilariga taqdim etiş ustida işlamoqda. Vazirlik Qwen modeli bilan hamkorlik boşlanganini ma’lum qildi.

Oçiq korpusdan Hugging Face platformasi orqali foydalaniş mumkin: https://huggingface.co/datasets/Digitaluz/uzbek-language-corpus

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.