Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinçi örinbosari Saidakbar Xolxöjayev 19 noyabr kuni Xalqaro valyuta jamğarmasining Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo departamenti maslahatçisi Yasser Abdih bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Uçraşuvda taşqi savdoni rivojlantiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş hamda mamlakatning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonining borişi muhokama qilindi.
2026 yil yanvar–oktyabr oylari yakunlariga köra, Özbekiston eksporti maxsus eksportni hisobga olmagan holda 25,7 milliard dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yilning mos davridagi körsatkiçdan 33 foizga köp.
Uşbu davrda jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 49,5 milliard dollarga yetdi.
Uçraşuv iştirokçilari Özbekistonning JSTga a’zo böliş böyiça muzokaralarida erişilgan natijalarga hamda uşbu jarayon doirasida milliy qonunçilikni takomillaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Muzokaralar yakunlari böyiça tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettiriş va hamkorlikni mustahkamlaşga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.