Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati Yaponiyaning Aiçi Densen Co., Ltd. kompaniyasi bilan Angren erkin iqtisodiy zonasida elektr kabellari işlab çiqariş böyiça qöşma korxona taşkil etiş imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boşçiligidagi delegatsiyaning Yaponiyaga taşrifi doirasida bölib ötdi. Delegatsiya vakillari Nagoya şahrida joylaşgan, elektr simlari va kabellari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxona faoliyati bilan tanişdi.
Kompaniya mazkur sohada qariyb bir asrlik tajribaga ega. Uning mahsulotlari Yaponiyadagi quriliş taşkilotlari va elektr energetikasi korxonalariga yetkazib beriladi.
Muzokaralar davomida tomonlar elektrotexnika sanoatida özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş istiqbollarini körib çiqdi.
Xususan, Özbekiston tomoni Angren erkin iqtisodiy zonasida Yaponiya texnologiyalaridan foydalangan holda kabel mahsulotlari işlab çiqariş böyiça qöşma korxona taşkil etişni taklif qildi.
Şuningdek, «Yangi Toşkent» loyihasi uçun mahsulot yetkazib beriş va keyinçalik mahalliylaştirilgan işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Özbekistonlik mutaxassislarni kompaniyaning Nagoya şahridagi zavodida kasbiy tayyorlaş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Hokimlik ma’lumotiga köra, uşbu taşabbuslarni amalga oşiriş Toşkent viloyatida kabel sanoatini rivojlantiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş, mahalliy xomaşyodan foydalaniş va malakali kadrlar tayyorlaşga xizmat qilişi mumkin.