Iqtisod

Özbekistonda issiqxona xöjaliklari assotsiatsiyasi taşkil etiladi

Özbekistonda issiqxona xöjaliklari assotsiatsiyasi taşkil etiladi
Özbekistonda issiqxona xöjaliklari assotsiatsiyasi taşkil etiladi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda tadbirkorlar manfaatlarini ifodalaş va sohadagi dolzarb masalalarni hal etiş maqsadida doimiy faoliyat yurituvçi issiqxona xöjaliklari assotsiatsiyasini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.

Uşbu taşabbus Savdo-sanoat palatasi iştirokida issiqxona biznesi vakillari bilan ötkazilgan uçraşuvda muhokama qilindi.

Yangi tuzilma tadbirkorlarning taklif va murojaatlarini töplaydi, ularni mas’ul idoralarga yetkazadi hamda sohaviy taşkilotlar bilan birgalikda muammolarga yeçim topişga kömaklaşadi.

Uçraşuvda issiqxona xöjaliklarining keyingi faoliyati uçun yaratiladigan şart-şaroitlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Vazirlar Mahkamasining 22 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, korxonalar ekologik talablarga rioya qilgan holda öz faoliyatini davom ettirişi mumkin.

Bunda avval örnatilgan filtrlar amaldagi me’yorlarga muvofiq bölsa, issiqxona xöjaliklari ularni almaştirişi talab etilmaydi.

Tadbirkorlar zarur sertifikat va ruxsatnomalar mavjud bölgan taqdirda, özlaridagi uskunalardan foydalanişlari mumkin.

Assotsiatsiyani taşkil etişdan maqsad issiqxona xöjaliklari bilan davlat organlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, soha muammolarini tezkorlik bilan körib çiqişga kömaklaşişdan iborat.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.