Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Turkiya işbilarmonlik forumi hamda Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça Oliy kengaş yiğilişi doirasida kimyo sanoatida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda “Özkimyosanoat” xabar berdi.
Toşkent şahrida Özbekiston va Turkiya işbilarmonlik forumi hamda ikki mamlakat örtasidagi işbilarmonlik hamkorligini qöllab-quvvatlaş böyiça Oliy kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötdi.
Tadbir iştirokçilari savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş, şuningdek, istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Tadbirlar doirasida biznes vakillari örtasida B2B va G2B formatlarida muzokaralar ham ötkazildi.
“Özkimyosanoat” AJ boşqaruvi raisi kimyo sanoati, energetika va iste’mol tovarlari işlab çiqariş sohalarida faoliyat yurituvçi yirik Turkiya kompaniyalari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Uçraşuvlarda Nakkaş Holding, Evyap, Gentaş Kimya, Akdeniz Çemson Kimya va Hektaş kompaniyalari vakillari iştirok etdi.
Tomonlar quriliş, mebel va avtomobil sanoati uçun kimyoviy xomaşyo işlab çiqariş sohasida hamkorlik qiliş imkoniyatlarini körib çiqdi. Şuningdek, şaxsiy gigiyena vositalari va kosmetika mahsulotlarini, şu bilan birga, organik kimyoviy birikmalarni işlab çiqariş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvlar yakunida iştirokçilar özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş, investitsiya taşabbuslarini işlab çiqiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşdi.
“Özkimyosanoat” ta’kidlaşiça, bunday muzokaralar kimyo sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş va mahalliy korxonalarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoşligini oşirişga qaratilgan.