Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi delegatsiyasi Xitoyga safari davomida quriliş işlarini avtomatlaştirişda robotlardan foydalaniş imkoniyatlarini örgandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiya tarkibiga kirgan yoş arxitektorlar quriliş sohasi uçun robototexnika yeçimlarini işlab çiquvçi MacigBIM kompaniyasiga taşrif buyurdi.
Kompaniya vakillari quriliş jarayonlarini avtomatlaştirişga möljallangan robotlarni işlab çiqiş va dasturlaş, şuningdek, uşbu yönalişda mutaxassislar tayyorlaş haqida ma’lumot berdi.
Delegatsiyaga quriliş obyektlarini skanerlaş, binolarning uç ölçamli modellarini yaratiş, robotlar yordamida devorlarga pardoz beriş va polga plitka yotqiziş texnologiyalari namoyiş etildi.
Bundan taşqari, iştirokçilar binolarning boriş qiyin va xavfli bölgan qismlarini tekşiriş, muhandislik kommunikatsiyalarini közdan keçiriş, nosozliklarni erta aniqlaş hamda quriliş maydonlarida mehnat xavfsizligini oşirişda robototexnikadan foydalaniş imkoniyatlari bilan tanişdi.
Şuningdek, robototexnika yeçimlarini binoning axborot modellaştiriş (BIM) texnologiyalari bilan integratsiya qiliş, quriliş jarayonlari samaradorligini oşirişda sun’iy intellektdan foydalaniş masalalari alohida muhokama qilindi.
Tadbir yakunlari böyiça tomonlar uşbu texnologiyalarni Özbekiston quriliş sohasiga joriy etiş istiqbollarini, jumladan, jarayonlarni raqamlaştiriş va quriliş-montaj işlari sifatini nazorat qiliş imkoniyatlarini körib çiqdi.