Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluşli iştirok asosida quriş töğrisidagi qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qildi. Hujjat Senat körib çiqişi uçun yuborildi.
Qonun loyihasi uluşli quriliş iştirokçilari va davlat organlari örtasidagi munosabatlarni tartibga solib, ularning huquqlari, majburiyatlari va vakolatlarini belgilaydi. Hujjatning asosiy vazifalaridan biri uy-joy qurilişiga mablağ kiritayotgan fuqarolarning pul mablağlarini himoya qilişdan iborat.
Unda nazarda tutilgan mexanizmlarga muvofiq, uluşdorlarning mablağlari quriliş kompaniyalari tasarrufiga bevosita ötkazilmaydi, balki banklardagi eskrou hisobvaraqlariga joylaştiriladi. Pul mablağlarini quriliş kompaniyasiga ötkaziş quriliş belgilangan talablarga muvofiq yakunlanib, obyekt foydalanişga topşirilganidan keyin amalga oşirilişi nazarda tutilgan.
Eslatib ötamiz, Prezidentning 2025 yil 27 yanvardagi farmoni bilan eskrou hisobvaraqlari tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş belgilangan.
2025 yil 1 iyuldan boşlab uluşdorlarning mablağlarini bunday hisobvaraqlar orqali jalb qiliş tomonlarning tanloviga köra ixtiyoriy tartibda amalga oşirilmoqda. 2026 yil 1 yanvardan esa faqat eskrou hisobvaraqlaridan foydalanişga ötiş belgilangan.
Qonun loyihasiga muvofiq, quriliş taşkiloti fuqarolarning mablağlarini faqat belgilangan talablarga rioya qilgan, Yagona axborot tizimida röyxatdan ötgan, vakolatli bank bilan boş kelişuvni tuzgan va loyiha deklaratsiyasini e’lon qilgan taqdirdagina jalb qilişi mumkin böladi.
Uluşli iştirok şartnomalari, şuningdek, ularga kiritiladigan özgartiriş va qöşimçalar notarial tartibda tasdiqlanişi hamda belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilişi şart böladi. Bu çora bir obyektning qayta sotilişi va qonunga xilof şartnomalar tuzilişining oldini olişga qaratilgan.
Agar quriliş taşkiloti qonun talablarini buzgan holda fuqarolarning mablağlarini jalb qilsa, uluşdor mablağlarni qaytarişni va ulardan foydalanganlik uçun foizlar tölaşni talab qiliş huquqiga ega böladi.
Hujjatda qurilişni uzluksiz moliyalaştirişni ta’minlaş mexanizmlari ham nazarda tutilgan. Zarur hollarda vakolatli bank yoki quriliş taşkilotini almaştiriş imkoniyati belgilanmoqda. Uluşli quriliş loyihalari, quriliş taşkilotlari va obyektlarning amalga oşiriliş jarayoni haqidagi ma’lumotlar Yagona axborot tizimiga joylaştiriladi.
Qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida deputatlar qurilayotgan köp kvartirali uylarni örganib çiqdi, uluşdorlar, quriliş taşkilotlari, bank sektori vakillari hamda boşqa manfaatdor tomonlar bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Takomillaştirilgan hujjatda uy-joyni topşiriş muddati buzilgan taqdirda obyektni muammoli deb e’tirof etiş uçun qöşimça ravişda olti oy kutiş talab etilmasligi belgilangan.
Şuningdek, quriliş taşkiloti aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etmasdan, faqat kompensatsiya tölaş orqali muammoli obyektni tegişli reyestrdan çiqarişga erişa olmaydi.
Bundan taşqari, loyihadan tadbirkorlar tomonidan «qöşimça ma’lumotlar» taqdim etilişiga oid noaniq talablar çiqarib taşlangan. Qonunosti hujjatlarini işlab çiqiş muddatlari esa öndan ortiq havola normasi böyiça belgilangan.
Ötiş tartibi ham nazarda tutilgan: qonun kuçga kirganidan keyin qurilişga ruxsatnoma olingan obyektlarga nisbatan tatbiq etiladi.