Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida Humo tölov tizimi 586,8 milliard söm sof foyda oldi.
Bu 2025 yilning şu davriga nisbatan 162 foizga köp. Bu haqda tizimni boşqaruvçi «Milliy banklararo protsessing markazi» AJning çoraklik hisobotida ma’lum qilingan.
Kompaniya tuşumi 2,65 barobarga yoki 165 foizga oşib, 380,9 milliard sömdan 1 trillion sömga yetdi. Xizmatlar tannarxi esa sekinroq sur’atda — 87,5 foizga ösib, 187,2 milliard sömni taşkil etdi.
Natijada yalpi foyda 192,6 foizga oşib, 822,2 milliard sömga yetdi.
Faqat uçinçi çorakning özida kompaniya 176 milliard söm foyda oldi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 76,5 foizga köp.
Hisobot ma’lumotlariga köra, Humo aktivlari 1,1 trillion sömga yetdi. Bu bir yil içida 55,4 foizlik ösişni anglatadi. Kapital 63 foizga oşib, 964 milliard sömni taşkil etdi. Taqsimlanmagan foyda esa 775,3 milliard sömga yetdi, bu ötgan yilgi körsatkiçdan 81,4 foizga yuqori.