Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrida qariyb 900 mln sömlik tamaki mahsulotlarini noqonuniy saqlaş holati aniqlandi. Yaşnobod tumanidagi uylardan birida keyinçalik sotiş uçun möljallangan, aksiz markalari bölmagan 20 mingdan ortiq quti import sigaretlari topildi.
Tezkor tadbir Toşkent şahar bojxona boşqarmasining kontrabandaga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari bilan hamkorlikda ötkazildi.
Oldindan şaxsi aniqlangan fuqaroning turar joyida xolislar iştirokida va belgilangan tartibga muvofiq ötkazilgan tekşiruv davomida bojxona xodimlari xorijda işlab çiqarilgan 22 turdagi 20 060 quti tamaki mahsulotini aniqladi. Mahsulotlar aksiz markalarisiz saqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, aniqlangan mahsulotlarning umumiy qiymati qariyb 900 mln sömni taşkil etadi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatildi.
: