Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özatom” agentligi Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) kömagida 19–23 oktyabr kunlari ötkazilgan yadroviy va radiologik avariya holatlariga tayyorgarlik köriş hamda ularga javob qaytarişni taşkil etiş böyiça beş kunlik milliy seminarni yakunladi.
Tadbirda tegişli davlat organlari vakillari, AES qurilişi direksiyasi mutaxassislari va “Özatom” xodimlari iştirok etdi. Asosiy e’tibor avariyalarga tayyorgarlik tizimlariga qöyiladigan xalqaro talablar, ehtimoliy xavflarni baholaş va mas’ul tuzilmalar harakatlarini muvofiqlaştiriş masalalariga qaratildi.
Seminar davomida iştirokçilar GSR Part 7 xalqaro standarti qoidalarini, avariya holatlarining tasnifini hamda Özbekiston şaroitini hisobga olgan holda xavflarni baholaş usullarini körib çiqdi. Şuningdek, avariya holatini e’lon qiliş, axborot uzatiş va şoşilinç yordam körsatiş tartibi töğrisidagi yaqinda tasdiqlangan yöriqnomani öz içiga olgan amaldagi milliy javob qaytariş mexanizmlari örganildi.
Ekspert Lyudmila Simeonova atom elektr stansiyasi qurilişi bilan bir vaqtda avariyalarga tayyorgarlik tizimini rivojlantiriş xalqaro yondaşuvlar va MAGATE talablariga muvofiq kelişini ta’kidladi.
Dasturning amaliy qismi yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik, qöriqlaş, soğliqni saqlaş hamda sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi uçun mas’ul idoralar harakatlarini muvofiqlaştirişga bağişlandi. Jizzax viloyatidagi AES loyihasini amalga oşirişda iştirok etayotgan mutaxassislar ham işga jalb qilindi.
Anton Sudarçikovning ta’kidlaşiça, seminarning alohida ahamiyati idoralararo hamkorlik algoritmlarini batafsil işlab çiqiş va milliy şaroitga mos ravişda xavflarni baholaş usullarini körib çiqiş imkoniyati bilan boğliq böldi.
Andrey Budo esa ehtimoliy avariya holatlariga javob qaytarişda iştirok etuvçi barça tuzilmalar örtasidagi muvofiqlaşuv muhimligini qayd etdi. Uning sözlariga köra, harakatlarning özaro muvofiqligi aholi va atrof-muhitni muhofaza qilişda hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Beş kunlik iş yakunlari böyiça milliy avariyalarga tayyorgarlik köriş va javob qaytariş tizimini yana-da rivojlantirişga doir xulosalar hamda tavsiyalar tayyorlandi. Seminar Özbekiston şaroitini hisobga olgan holda xalqaro yondaşuvlarni mustahkamlaş va ehtimoliy yadroviy hamda radiologik hodisalar yuz berganda mas’ul organlar qanday harakat qilişi böyiça yagona tuşunçani şakllantirişga qaratildi.