Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistondan 13 nafar hunarmand 1–4 oktyabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan «Craft Istanbul 2026» xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik ustalar milliy amaliy bezak sanʼati namunalarini taqdim etib, xorijlik mehmonlarni hunarmandchilik anʼanalari bilan tanishtirdi.
Ko‘rgazmada kulolchilik, kashtachilik, zargarlik sanʼati va milliy to‘qimachilik kabi turli yo‘nalishlarda tayyorlangan ishlar namoyish etildi.
O‘zbekistonlik hunarmandlarning ishtirokidan ko‘zlangan maqsad milliy hunarmandchilik anʼanalarini xorijda targ‘ib qilish, mahalliy ustalar ishlarini xalqaro auditoriyaga taqdim etish va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat bo‘ldi.
Ko‘rgazma, shuningdek, o‘zbek ustalarining anʼanaviy milliy meros va zamonaviy ijodiy yondashuvlar uyg‘unligini namoyish etishi uchun maydon vazifasini o‘tadi.