Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston taekvondo WT terma jamoasi vakili Marat Mavlonov “Aichi-Nagoya–2026” Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
80 kgdan yuqori vazn toifasidagi final bahsida o‘zbekistonlik sportchi Eron vakiliga qarshi tatamiga chiqdi. Jang yakunlariga ko‘ra, Mavlonov raqibiga mag‘lub bo‘lib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, Marat Mavlonov Osiyo o‘yinlarida taekvondo WT bo‘yicha musobaqaning kumush medali sohibi bo‘ldi.