Sport

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida ikki bronza medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida ikki bronza medal qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida ikki bronza medal qo‘lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakillari “Ayti-Nagoya–2026” Osiyo o‘yinlarida ikki bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Velotrek bo‘yicha medison dasturida Sergey Rostovsev va Nikita Svetkov 45 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasiga yana bir bronza medalni dzyudochi Ernazar Sarsenbayev taqdim etdi. U 100 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida uchinchi o‘rin uchun bahsda Xitoy vakili ustidan g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini bronza medal bilan yakunladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.