Sport

Sergey Fomin va Yuldasheva — Shin dueti Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozondi

Sergey Fomin va Yuldasheva — Shin dueti Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozondi
Sergey Fomin va Yuldasheva — Shin dueti Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozondi  / Foto: Aichi–Nagoya 2026.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakillari Osiyo o‘yinlarining tennis musobaqalarida ikki g‘alabani qo‘lga kiritdi. Sergey Fomin erkaklar o‘rtasida yakkalik bahslarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Sevil Yuldasheva va Maksim Shin aralash juftliklar bahsida musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarning ikkinchi bosqichida Sergey Fomin Tojikiston vakili Somon Amonovga qarshi maydonga tushdi. O‘zbekistonlik tennischi uchrashuvni 6:1, 6:1 hisobida ishonchli tarzda o‘z foydasiga hal qildi.

Aralash juftliklar bahsida Sevil Yuldasheva va Maksim Shin birinchi bosqichda Gonkong vakillari Wong Hong Yi va Wong Tsz Fuga qarshi o‘ynadi.

O‘zbekistonlik juftlik uchrashuvda 7:6(5), 0:6, 11:9 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.