Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Jahon banki va Özbekiston Kadastr agentligi vakillari köçmas mulkni baholaş tizimini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Kadastr agentligi xabar berdi.
Uçraşuv 2026 yil 23 noyabr kuni agentlik binosida bölib ötdi. Unda Özbekistonga taşrif buyurgan Jahon banki guruhi missiyasi vakillari hamda idora xodimlari iştirok etdi.
Uçraşuv iştirokçilari Kadastr agentligining vakolatlari va faoliyatining asosiy yönalişlari, şuningdek, mamlakatning yer resurslarini hisobga oliş borasidagi tajribasini körib çiqdi. Yer qiymatini aniqlaş mexanizmlari va mol-mulkni baholaşda agentlikning örniga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, köçmas mulkni ommaviy baholaş tizimining joriy holati, baholaş işlarini amalga oşirişda agentlik va uning tizimidagi taşkilotlar ma’lumotlaridan foydalaniş masalalari kun tartibidan örin oldi.
Bundan taşqari, tomonlar ekspertlik tavsiyalarini Özbekistondagi loyihalarni amalga oşirişda qöllaş imkoniyatlari hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.