7
Moliya

«Kapital bozori töğrisida»gi qonun Senatga yuborildi

«Kapital bozori töğrisida»gi qonun Senatga yuborildi
«Kapital bozori töğrisida»gi qonun Senatga yuborildi / Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi «Kapital bozori töğrisida»gi qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qildi va körib çiqiş uçun Senatga yubordi.

Hujjat kapital bozorini huquqiy tartibga soliş tizimini yangilaş, investorlar manfaatlarini himoya qiliş va halol raqobatni rivojlantirişni nazarda tutadi. Şuningdek, operatsiyalarning oçiqligi va şaffofligini oşiriş ham qonun loyihasining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

Qonun loyihasi kapital bozori instrumentlari röyxatini kengaytiradi. Jumladan, unda hosilaviy moliyaviy instrumentlar, qoplangan obligatsiyalar, sekyuritizatsiya instrumentlari, sukuk va barqaror rivojlaniş obligatsiyalarini çiqariş hamda muomalaga kiritiş böyiça normalar belgilanmoqda.

Hujjatning alohida qoidalari kliring va kastodial xizmatlarga bağişlangan. Unda uşbu xizmatlarni körsatiş tartibi hamda ularni yetkazib beruvçilarga qöyiladigan talablar belgilanadi.

Taklif etilayotgan özgartişlar kapital bozori infratuzilmasi va uning professional iştirokçilari faoliyatini ham qamrab oladi. Qonun loyihasida axborotni oşkor qiliş qoidalarini takomillaştiriş, tartibga soliş va nazorat qiliş tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş nazarda tutilgan.

Deputatlarning fikriça, qonunning qabul qilinişi investorlar işonçini oşiriş hamda mamlakat iqtisodiyotiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etiş uçun şaroit yaratiş imkonini beradi.

Bundan taşqari, korxonalarning uzoq muddatli moliyalaştiriş mablağlarini jalb qiliş imkoniyatlari kengayadi. Bu esa iqtisodiyotni moliyalaştirişda kapital bozorining rolini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.