Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Markaziy banki va Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) vakillari davlat qimmatli qoğozlari bozorini rivojlantiriş istiqbollarini, jumladan, banklararo UZONIA indikatoriga boğlangan suzuvçi foiz stavkali obligatsiyalarni çiqariş imkoniyatini muhokama qildi.
Uçraşuv XVJning davlat obligatsiyalari bozorini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan texnik missiyasi yakunlari böyiça bölib ötdi.
Asosiy mavzulardan biri daromadliligi UZONIA indikatori asosida hisoblanadigan qimmatli qoğozlarni joriy etiş imkoniyati böldi. Jamğarma ekspertlarining fikriça, bozordagi joriy vaziyat bunday moliyaviy instrumentlarni bosqiçma-bosqiç, dastlab pilot rejimida joriy etiş uçun şaroit yaratişi mumkin.
XVJ mutaxassislari baholaşiça, UZONIA ga boğlangan obligatsiyalar banklar uçun uzoq muddatli moliyalaştirişning yana-da barqaror manbaini ta’minlaşi, qisqa muddatli qarzlarga qaramlikni kamaytirişi va pul-kredit siyosati signallarining iqtisodiyotga uzatilişini kuçaytirişi mumkin.
Bundan taşqari, tomonlar uşbu indikatordan bank va moliyaviy mahsulotlarda foydalaniş kölamini kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Xususan, şartlari UZONIA dinamikasini hisobga olgan holda belgilanişi mumkin bölgan depozitlar, kreditlar va foiz svoplari masalalari muhokama qilindi.
Bunday instrumentlardan foydalaniş moliya bozori iştirokçilariga foiz stavkalarining özgarişi bilan boğliq xatarlarni yana-da samarali baholaş va nazorat qilişda yordam berişi mumkin.
Iştirokçilar, şuningdek, bozorning yangi mahsulotlarni joriy etişga tayyorligi, ularni işga tuşirişning ehtimoliy muddatlari va buning uçun zarur bölgan keyingi çora-tadbirlarni muhokama qildi.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar Özbekiston davlat qimmatli qoğozlari bozorini çuqurlaştiriş va uning barqarorligini oşiriş maqsadida hamkorlikni hamda qöşma tadqiqotlarni davom ettirişdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.