Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — TBC Bank 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarini 69,7 mlrd söm miqdoridagi sof zarar bilan yakunladi. Ötgan yilning şu davrida bank 30,3 mlrd söm sof foyda olgan edi.
E’lon qilingan moliyaviy hisobotga köra, bankning töqqiz oylik jami daromadlari yillik hisobda 6,4 foizga ösib, 4,2 trln sömga yetdi.
Şu bilan birga, kreditlar böyiça ehtimoliy yöqotişlar uçun zaxiralarni şakllantiriş xarajatlari 42,3 foizga oşib, 1,2 trln sömni taşkil etdi.
2026 yilning uçinçi çoragi yakunlariga köra, bankning sof zarari 357,7 mlrd sömga yetdi. 2025 yilning iyul–sentyabr oylarida bu körsatkiç 70,7 mlrd sömni taşkil qilgan edi.
1 oktyabr holatiga köra, TBC Bank kredit portfeli 7,7 trln sömni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu sanasiga nisbatan 28,9 foizga kam. Muammoli kreditlar (NPL) uluşi esa 4,5 foizdan 13,4 foizga kötarildi.
Sentyabr oyi oxirida bank aktivlari 13,4 trln sömni taşkil etib, yillik hisobda 5,2 foizga kamaydi. Kapital esa 19 foizga ösib, 3 trln sömga yetdi.