Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro viloyatida turistik obyektlarni özaro boğlaydigan pullik avtomobil yöllarini quriş imkoniyati örganilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni hududni kompleks rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda topşiriq berdi.
Uçraşuvda yöl infratuzilmasi, jamoat transporti va kommunal xizmatlar bilan boğliq muammolar muhokama qilindi. 2026 yil boşidan buyon viloyat yöllarini yaxşilaş uçun 900 mlrd söm ajratilgan. Şunga qaramay, yöllarda tirbandliklar, harakat xavfsizligi va yölovçi taşişni taşkil etiş bilan boğliq muammolar saqlanib qolmoqda.
Yiğilişda taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, hududda ta’mirtalab avtomobil yöllarining uzunligi qariyb 2 ming kilometrni, köpriklar soni esa 266 tani taşkil etadi. Prezident infratuzilmani yangilaşga xususiy kapitalni jalb qiliş zarurligini ta’kidlab, turistik diqqatga sazovor joylar örtasida pullik avtomobil yöllarini taşkil etiş variantlarini işlab çiqişni topşirdi.
Jamoat transporti masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Marşrut tarmoği yetarliça rivojlanmagani sababli viloyat aholisining qariyb 80 foizi işga, öqişga boriş va kundalik yumuşlarini bajariş uçun şaxsiy avtomobillardan foydalanadi. Şu munosabat bilan hududga 120 ta avtobus yetkazib berişni jadallaştiriş vazifasi qöyildi.
Prezident aeroport va Buxoro temir yöl vokzallarida yölovçilar hamda sayyozlarga xizmat körsatiş sifatini oşirişni ham topşirdi. Davlat rahbari uşbu obyektlar mehmonlarda viloyat haqidagi ilk taassurotni şakllantirişda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Bundan taşqari, viloyatning 55 ta mahallasida markazlaşgan içimlik suvi ta’minoti mavjud emasligi muammosini hal qiliş zarurligi ta’kidlandi.
Mas’ul idoralarga suv tarmoqlarini quriş va foydalanişga topşirişning aniq muddatlarini belgilaş topşirildi.
Boşqa vazifalar qatorida mahalliy iqlim va Buxoroning tarixiy qiyofasini hisobga olgan holda daraxt turlarini tanlaş, kökalamzorlaştiriş hamda yöl böylarini obodonlaştirişda yagona yondaşuvni joriy etiş belgilandi.
Davlat rahbari şuningdek, uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj oilalar uçun turar joy massivlari qurilişini jadallaştirişni talab qildi.