Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Ozarbayjon Markaziy banki vakillari 2026 yil 22–23 oktyabr kunlari Toşkent şahridagi Özbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (ILMA) taşrif buyurdi.
Taşrifdan maqsad kapital bozori sohasidagi tartibga soluvçi organlar örtasida tajriba almaşişdan iborat. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.
Taşrif Ozarbayjon regulyatorining murojaati asosida taşkil etildi.
Mehmonlar Özbekiston kapital bozorini, ILMAning tartibga soliş va nazorat sohasidagi amaliyotini örgandilar, şuningdek, agentlik mutaxassislari bilan professional bilim va yondaşuvlar almaşdilar.
Ozarbayjon tomonini, avvalo, Özbekistonda kapital bozorini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar qiziqtirdi. Jumladan, Xalqaro qimmatli qoğozlar komissiyalari taşkiloti (IOSCO) hamda moliyaviy bozorlar infratuzilmasi tamoyillari (PFMI) talablarini öz içiga olgan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş masalalari körib çiqildi.
Şuningdek, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etiş, bozor infratuzilmasini rivojlantiriş va uni xalqaro tizimga integratsiya qiliş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar qimmatli qoğozlar bozorini monitoring qiliş, bozor manipulyatsiyalarining oldini oliş va ularni aniqlaş mexanizmlariga alohida e’tibor qaratdilar. Emitentlar tomonidan axborotni oşkor etişga qöyiladigan talablar hamda nazoratda riskka yönaltirilgan yondaşuvni qöllaş masalalari ham körib çiqildi.
ILMA vakillari nazorat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi işlar haqida ma’lumot berdilar. Şuningdek, Özbekiston Milliy investitsiya jamğarmasining (UzNIF) global depozitar tilxatlarini joylaştirişni huquqiy tartibga soliş böyiça tajribalari bilan örtoqlaşdilar.
Bundan taşqari, agentlik Qimmatli qoğozlar komissiyalari xalqaro taşkiloti (IOSCO) bilan köp tomonlama özaro anglaşuv memorandumini imzolaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida mehmonlarga ma’lumot berdi.
Taşrif yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni kengaytiriş va amaliy tajriba almaşiş istiqbollarini muhokama qildilar. Raqamli va tahliliy yeçimlardan foydalangan holda tartibga soliş yondaşuvlarini takomillaştiriş ham alohida muhokama mavzusi böldi.