Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) direktiv va imtiyozli kreditlaş kölamini kengaytiriş böyiça bosimni Özbekiston iqtisodiyoti uçun içki xavflardan biri deb hisoblaydi. Jamğarma 2027 yilda mamlakatdagi uşbu amaliyot va foiz stavkalariga bağişlangan alohida tadqiqotni e’lon qilişni rejalaştirmoqda.
Bu haqda XVJning Özbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze Markaziy bankda bölib ötgan mintaqaviy iqtisodiy prognoz taqdimotida ma’lum qildi.
Iqtisodiy prognoz uçun mavjud xavflarni sanab ötar ekan, Gvenetadze ularni taşqi va içki omillarga ajratdi. Birinçi guruhga jahon iqtisodiyotidagi noaniqlik, geosiyosiy vaziyat va xomaşyo narxlarining özgaruvçanligini kiritdi.
Jamğarma vakili içki omillar qatorida davlat daromadlari rejadan ortiq bajarilgan taqdirda, jumladan, oltindan tuşadigan daromadlar hisobiga davlat xarajatlarining protsiklik tarzda oşirilişi xavfini qayd etdi. U, şuningdek, direktiv va imtiyozli kreditlaş dasturlarini kengaytiriş böyiça bosim yuzaga kelişi mumkinligini ham xavflardan biri sifatida baholadi.
2027 yilda ikkita tadqiqot e’lon qilinadi
XVJ Özbekistonning iqtisodiy siyosatiga bağişlangan ikkita tahliliy loyiha ustida işlamoqda. Ularning biri foiz stavkalariga, ikkinçisi esa direktiv kreditlaş amaliyotiga bağişlanadi.
«Biz Özbekistondagi foiz stavkalari va şu bilan bir vaqtda direktiv kreditlaş masalasi böyiça loyiha ustida işlayapmiz», — dedi Gvenetadze.
Uning sözlariga köra, har ikki tadqiqot natijalarini 2027 yilda e’lon qiliş rejalaştirilgan.
Direktiv kreditlaş davlat qarorlari asosida imtiyozli şartlarda kreditlar ajratilişini nazarda tutadi. Bunday kreditlar qarz mablağlarining bozor qiymatini aks ettirmaydigan foiz stavkalari böyiça berilişi mumkin.
Bu pul-kredit siyosati mexanizmining işlaşiga ta’sir körsatadi: Markaziy bankning asosiy stavka böyiça qarorlari iqtisodiyotdagi kreditlar qiymatiga töliq ta’sir ötkazmaydi.
XVJ ta’kidlaşiça, Özbekiston pul-kredit siyosatining transmission mexanizmini kuçaytiriş borasidagi işlarni davom ettirmoqda.
Markaziy bank 2025 yil mart oyidan buyon asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab kelmoqda.
Jamğarmaning mintaqaviy hisobotida, şuningdek, Özbekistonni ham öz içiga olgan nisbatan kiçik va çuqurligi çeklangan kredit bozorlari kelgusidagi taşqi şoklarning inflyatsiyaga ta’sirini kuçaytirişi mumkinligi qayd etilgan.