Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston yaqin tört-beş yil içida aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot (YAIM) hajmini 10 ming dollarga yetkazişni maqsad qilgan va iqtisodiy ösişning yangi siyosatini işlab çiqqan. Bu haqda Markaziy bank raisining örinbosari Nodirbek Açilov XVJning Kavkaz va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy iqtisodiy prognoz taqdimotida ma’lum qildi.
Bu bayonot mamlakat iqtisodiy rivojlanişining kelgusi modeli muhokamasi çoğida yangradi. Jahon bankining Toşkentdagi katta iqtisodçisi Pinar Yaşar islohotlarning birinçi bosqiçidagi vazifalar nisbatan aniq bölganini ta’kidladi. Öşa davrda valyuta kursi va narxlarni liberallaştiriş, şuningdek, mavjud tösiqlarni bartaraf etiş ustuvor yönalişlar bölgan.
Uning sözlariga köra, keyingi bosqiçda iqtisodiy ösişga tösqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaş ança murakkab. Yaşar mehnat unumdorligini oşirişga asoslangan barqaror ösişni ta’minlaş uçun qanday çoralar zarurligi haqida savol berdi.
Açilov javoban aholi jon boşiga YAIM böyiça belgilangan maqsadli körsatkiçga erişiş asosiy möljallardan biri bölib qolayotganini aytdi.
«Bu yerda ikki jihatga oydinlik kiritişimiz mumkin. Birinçidan, Prezident tomonidan aniq maqsadlar belgilab berilgan: kelgusi tört-beş yil içida aholi jon boşiga 10 ming dollarlik körsatkiçga erişişimiz kerak», — dedi u.
Markaziy bank raisining örinbosari ikkinçi şart sifatida davlat idoralarining özgarişlarni davom ettirişga tayyorligini qayd etdi. Uning ta’kidlaşiça, 2017 yildan keyin mamlakat ijobiy özgarişlar davrini boşdan keçirdi, biroq islohotlarning keyingi bosqiçi yana-da murakkab böladi.
«2017 yildan keyingi davr juda yaxşi, ijobiy özgarişlarga boy ön yillik böldi, ammo keyingi bosqiç juda qiyin keçadi», — deya tan oldi Açilov.
Iqtisodiy ösişning yangi siyosati
Açilovning sözlariga köra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi boşqa idoralar bilan birgalikda iqtisodiy ösişning yangi siyosatini şakllantirgan. U tarkibiy özgarişlarni davom ettiriş, avval boşlangan islohotlarni yakunlaş va rivojlanişning yangi modeliga ötiş uçun qöşimça çoralarni közda tutadi.
Markaziy bank raisining örinbosari erişilgan natijalar hozirça belgilangan vazifani bajariş uçun yetarli emasligini ta’kidladi.
«Amalga oşirilgan işlar yetarli emas. Aholi jon boşiga kamida 10 ming dollarlik körsatkiçga erişiş uçun yana köproq iş qiliş kerak. Bu butunlay boşqaça iqtisodiyot böladi», — deya qöşimça qildi u.
Islohotlarning keyingi bosqiçidagi ustuvor yönalişlar
XVJning Özbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze jamğarma keyingi özgarişlar uçun muhim deb hisoblaydigan bir neçta yönalişni sanab ötdi. Ular qatoriga davlat korxonalari, mehnat bozori va ta’lim, energetika sektori islohotlari, raqamlaştiriş hamda pensiya islohoti kiradi.
Şu bilan birga, u barqaror rivojlanişning asosiy şarti sifatida makroiqtisodiy barqarorlikni saqlaşni qayd etdi.
XVJ yaqin davrdagi alohida ustuvor vazifalardan biri sifatida davlat korxonalari islohotini tezlaştirişni körmoqda. Jamğarma baholaşiça, uşbu sektordagi özgarişlar mehnat unumdorligini oşirişga yordam berişi va inflyatsion bosimni kuçaytirmasdan iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlaşi kerak.
XVJ, şuningdek, korxonalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşni korporativ boşqaruv tamoyillarini joriy etiş bilan boğlaş tarafdori.
Jamğarma nuqtai nazariga köra, xususiylaştiriş jarayoni şaffof tarzda va xalqaro tamoyillarga muvofiq amalga oşirilişi lozim.