7
Texnologiyalar

Özbekiston Markaziy banki sun’iy intellekt sohasida öz yeçimlarini işlab çiqmoqda

Özbekiston Markaziy banki sun’iy intellekt sohasida öz yeçimlarini işlab çiqmoqda
Özbekiston Markaziy banki sun’iy intellekt sohasida öz yeçimlarini işlab çiqmoqda / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Markaziy banki sun’iy intellekt asosidagi özining kiçik yeçimlarini işlab çiqmoqda hamda uşbu xizmatlarning global yetkazib beruvçilariga qaramlikni kamaytiriş yöllarini körib çiqmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisining örinbosari Nodirbek Açilov Markaziy bankda bölib ötgan XVJning Kavkaz va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy iqtisodiy prognoz taqdimotida ma’lum qildi.

Açilovning sözlariga köra, mintaqa mamlakatlari, ularning qöşnilari va savdo hamkorlari sun’iy intellekt sohasidagi bir neçta yirik xalqaro platformalarga katta darajada tayanadi.

«Hozirda mintaqa mamlakatlari, qöşnilarimiz va savdo hamkorlarimiz sun’iy intellekt sohasidagi uç-törtta global platforma, yirik kompaniyalarga qaram. Bu qaramlikni qanday kamaytiriş haqida öylaşimiz kerak», — dedi u.

Markaziy bank raisining örinbosari öz imkoniyatlarini rivojlantiriş mahalliy serverlar va infratuzilmaga katta miqdorda investitsiya kiritişni talab qilişini ta’kidladi. Şu bilan birga, bir yoki ikkita yetkazib beruvçiga qaramlik xizmatlarning uzluksiz işlaşi uçun qöşimça xavflarni yuzaga keltiradi.

Xususan, yetkazib beruvçi mamlakat qarori bilan platformalardan foydalaniş çeklanişi, serverlar esa zarur vaqtda işlamay qolişi mumkin.

«Kutilayotgan natijalar uşbu turdagi sun’iy intellekt xizmatlarini taqdim etuvçi ikki-uçta global yetkazib beruvçiga qaramlikdan çiqiş ssenariylarini ham qamrab olişi kerak», — deya ta’kidladi Açilov.

U Markaziy bank hozirça sun’iy intellektning taşqi xizmatlaridan ham foydalanayotganini tan oldi. Ayni paytda regulyator ayrim vazifalarni hal qiliş uçun öz vositalarini işlab çiqmoqda.

«Biz juda katta, supersun’iy intellekt yaratişni da’vo qilmayapmiz, ammo kiçik vazifalarni özimiz hal qila olamiz», — dedi Markaziy bank raisining örinbosari.

Sun’iy intellektga investitsiyalar va mintaqa uçun xavflar

XVJning Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo departamenti direktorining yordamçisi Roberto Kardarellining ta’kidlaşiça, sun’iy intellekt uçun hisoblaş quvvatlariga qaramlik masalalari jamğarmaning alohida hisobotida körib çiqilgan.

Uning sözlariga köra, sun’iy intellektga yirik investitsiyalardan olinadigan iqtisodiy samara, ayniqsa, Fors körfazi mamlakatlarida, köp jihatdan xorijiy xaridorlar talabiga boğliq böladi. Gap uşbu mamlakatlar hisoblaş quvvatlarini boşqa davlatlarga eksport qila oladimi-yöqmi, degan masala haqida bormoqda.

XVJning mintaqaviy iqtisodiy prognozida sun’iy intellekt bozorida keskin tuzatiş yuz berişi ssenariysi ham körib çiqilgan. Jamğarma bunday rivojlanişning Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun ehtimoliy oqibatlarini baholagan.

XVJ baholaşiça, Özbekistonni ham öz içiga olgan neft import qiluvçi davlatlar uçun uşbu ssenariyning ta’siri çeklangan böladi. Mintaqa hozirça sun’iy intellekt rivojlanişi sikli bilan unçalik çambarças boğlanmagan, asosiy ta’sir kanali esa jahon bozorida neft narxlarining pasayişi böladi.

«Neft import qiluvçilar uçun bu unçalik xavfli emas», — dedi Kardarelli.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.