Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Irgaşev Polşa Şarqiy tadqiqotlar markazi direktori Voysex Kononçuk bilan muzokara ötkazdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Uçraşuv 2026 yil 23 noyabr kuni bölib ötdi. Unda iştirokçilar Afğonistondagi vaziyatni hamda uşbu mamlakat bilan boğliq ikki tomonlama hamkorlikning ayrim yönalişlarini körib çiqdi.
Voysex Kononçuk Özbekistonning Afğoniston masalasi böyiça muvofiqlaştirilgan mintaqaviy pozitsiyani şakllantiriş borasidagi sa’y-harakatlariga ijobiy baho berdi.
Tomonlar Toşkent va Varşava örtasidagi amaliy muloqotni davom ettirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.