Özbekiston

Şavkat Mirziyoyev Iordaniyada rasman kutib olindi

Şavkat Mirziyoyev Iordaniyada rasman kutib olindi
Şavkat Mirziyoyev Iordaniyada rasman kutib olindi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida davlat taşrifi bilan Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida bölib turgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi ötkazildi.

Davlatimiz rahbari va rafiqasini Podşoh Abdulla II ibn al-Husayn va Malika Raniya al-Abdulla samimiy kutib oldilar. Birgalikda suratga tuşildi.

Oliy martabali mehmon şarafiga töplardan öq uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Özbekiston Prezidenti va Iordaniya Podşohi şohsupaga kötarildilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Yetakçilar faxriy qorovul safi oldidan ötdilar, söng faxriy qorovul askarlari davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib ötdi.

Marosim yakunlangaç, oliy darajadagi muzokaralar boşlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.